Jadidlar va alifbo (+video)
Jadidlar yozuvni soddalaştiriş va savodxonlikni tez oşiriş maqsadida alifbo hamda imlo islohotini taʼlim va matbuot yangilanişining asosiy qismi deb bilgan.
Jadidlar anʼanaviy yozuvdagi öqiş va örganişni qiyinlaştiruvçi murakkabliklarni kamaytirişga intildi.Ular özbek tilining tovuş tizimi, unlilar va singarmonizm qonuniyatlarini yozuvda aniq aks ettiriş masalasini kötardi. Alifbo masalasi bolalarga xat-savodni tez va oson örgatiş uçun yangi darsliklar yaratiş bilan bevosita boğliq edi.
Bu davrda alifbo, imlo masalalari bilan jiddiy şuğullangan Fitrat boşçiligidagi “Çiğatoy gurungi” edi. Bu taşkilotga öz davrining taniqli maʼrifatparvarlari bölgan Şokirjon Rahimiy, Qayum Ramazon, Şorasul Zunun, Çölpon, Elbek, Botu, Saidahmad Nazirovlar aʼzo bölganlar. Aynan “Çiğatoy gurungi” arab yozuvini isloh qiliş, adabiy til meʼyorlarini şakllantiriş böyiça jiddiy işlarni amalga oşirgan.
M.Turdaliyeva, N.Abduvoitov, A.Ahmedov. ÖzA