Dzyudochilarimiz munosib kutib olindi
Xabar berganimizdek, Marokash davlatida bo‘lib o‘tgan dzyudo bo‘yicha Gran-pri turkumiga kiruvchi nufuzli turnirda mamlakatimiz sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
Xabar berganimizdek, Marokash davlatida bo‘lib o‘tgan dzyudo bo‘yicha Gran-pri turkumiga kiruvchi nufuzli turnirda mamlakatimiz sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, bugun erta tongda polvonlarimiz O‘zbekistonga qaytib keldi. Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida delegatsiya a’zolari tantanali ravishda kutib olindi.
Eslatib o‘tamiz, Marokashda o‘tkazilgan Gran-pri turnirining birinchi kungi bahslarida terma jamoamiz a’zolari Sharofiddin Lutfullaev (-60 kg.) hamda Sardor Nurillaev (-66 kg.) o‘z vazn toifalarida barcha raqiblarini mag‘lub etgan holda oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Uch kun davom etgan musobaqalarda Sh.Lutfullaev va S.Nurillaevdan tashqari yana ikki nafar polvonimiz sovrindorlar safidan joy oldi. Jumladan, Hikmatillo To‘raev (-73 kg.) va Muhammadkarim Xurramov (-100 kg.) bronza medali bilan taqdirlandi. Yana ikki dzyudochimiz esa 5-o‘rindan joy oldi. Musobaqa yakunida O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida faxrli 2-o‘rinni egalladi.