Dzyudo bellashuvlari yakunlandi
“Universiada – 2016” sport o‘yinlari dasturidan joy olgan dzyudo bo‘yicha bellashuvlar g‘oliblari aniqlandi.
“Universiada – 2016” sport o‘yinlari dasturidan joy olgan dzyudo bo‘yicha bellashuvlar g‘oliblari aniqlandi.Musobaqaning vazni 66 kilogrammgacha bo‘lgan dzyudochilar bahsida xorazmlik Azamat Matyoqubov birinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, 73 kilogrammgacha vazn toifasidagi polvonlar bellashuvida mezbon sportchi – Muhammadlaziz Qayumovga teng keladigan raqib topilmadi.
Vazni 81 va 90 kilogrammgacha bo‘lgan sportchilar bellashuvlarida qoraqalpog‘istonlik polvonlar – Sharofiddin Boltaboyev va Erkin Doniyorov shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi.
– Universiada musobaqalarida g‘olib bo‘lganimdan xursandman, – deydi Sh.Boltaboyev. – Talaba-yoshlarning mazkur sport o‘yinlariga puxta tayyorgarlik ko‘rdik. Universiada o‘yinlari biz, yosh sportchilar uchun nafaqat musobaqa maydoni, balki tajriba almashish, mahoratimizni oshirish uchun katta imkoniyat ham yaratdi.