Dunyoda tug‘ilish kamayib ketishining sababi ma’lum qilindi
-
“Financial Times” gazetasi xabar berishicha, dunyo bo‘ylab tug‘ilish darajasi pasayishi smartfon va yuqori tezlikdagi internet rivojlanishi bilan bog‘liq.
- Aholi statistikasidan "Google" qidiruvigacha bo‘lgan ma’lumotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, tug‘ilish darajasi pasayishiga ko‘plab omillar ta’sir ko‘rsatsa-da, so‘nggi keskin kamayish odamlarning texnologiyadan foydalanishi bilan bog‘liq ko‘rinadi, - deb yozgan nashr.
Ta’kidlanishicha, ko‘plab mamlakatlarda tug‘ilish kamayishi bilan bog‘liq holatlar mahalliy bozorda smartfon keng qo‘llanishi bilan bir vaqtga to‘g‘ri kelgan.
“Notr-Dam” universiteti iqtisodiyot professori Melissa Kerni nashrga “bugungi raqamli media muhiti jamiyatga chuqur ta’sir ko‘rsatgan va romantik munosabat pasayishiga olib kelgan bo‘lishi ehtimoli katta” deya izoh berdi.
Shuningdek, avvalgi sotsiologlar olib borgan tadqiqotlardan keltirilgan misollarda “ijtimoiy tarmoqda ko‘p vaqt o‘tkazadigan juftliklarda jinsiy disfunksiya ko‘proq uchrashi” eslatib o‘tilgan.
S.Rahimov, O‘zA