AQSHga Grin-karta olish tartibi o‘zgardi
AQSH Fuqarolik va immigratsiya xizmati grin-karta olish qoidasiga o‘zgarish kiritilishini e’lon qildi.
- Bundan buyon Qo‘shma Shtatlarda vaqtincha bo‘lgan va grin-karta olishni istagan chet ellik ariza berish uchun o‘z mamlakatiga qaytishi shart, - deyilgan agentlik bayonotida. - Istisno holatlar ham bor.
Yangi qoidaga ko‘ra, endi ariza beruvchi mamlakatni tark etishi, chet eldan turib hujjat topshirishi va qaytishdan oldin qarorni kutishi lozim. Bu jarayon bir necha oy davom etishi mumkin.
Ilgari, grin-karta arizalarining qariyb yarmi to‘g‘ridan-to‘g‘ri Qo‘shma Shtatlarda topshirilardi va ariza beruvchi mamlakatni tark etmasdan qarorni kutishi mumkin edi.
Ta’kidlanishicha, yangi tartib rad etilgan ariza beruvchilarning Qo‘shma Shtatlarda noqonuniy qolishi holatlarini kamaytiradi.
S.Rahimov, O‘zA