Dunyo suratlarda
O‘zA o‘quvchilarni jahonda sodir bo‘lgan voqea-hodisalardan suratlar yordamida boxabar etishda davom etadi.

Xitoy: Chjetszyan viloyatidagi Sanxevan bog‘ida gullagan pushti o‘tzorni tomosha qilish va suratga olish uchun sayyohlar hamda mahalliy aholi to‘plandi.

Senegal: Mbur shahrida kuchli yomg‘ir va bo‘ronli ob-havoga qaramay, baliqchilar tong sahar Pti-Kot hududida dengizga yo‘l olmoqda. An’anaviy yog‘och pirogalarda dengizga chiqqan baliqchilar kunlik ovini mahalliy bozorda sotish uchun olib qaytishadi. Ular mamlakatning dengiz mahsulotlari savdosi va qayta ishlash sanoatida muhim o‘rin tutadi.

Buyuk Britaniya: Shimoliy Yorkshir grafligidagi Stedli-Royal bog‘idagi bug‘u.

Fransiya: Parijda, Elen Bush maktabi yaqinida kattalar o‘quvchilarni himoya qilish uchun jonli zanjir hosil qildi. O‘quvchilar o‘qituvchi yetishmasligi, dars jadvali zichligi va maktab binolari eskirganiga norozilik bildirib, yuzlab maktablarga kirish yo‘lini to‘smoqda.

Tailand: Bangkokda kuchli yomg‘ir oqibatida so‘nggi 15 yildagi eng yirik toshqin yuz berdi. Shahar va qo‘shni hududlar bir haftadan ortiq suv ostida qoldi. Mamlakat bo‘ylab kamida 40 kishi halok bo‘ldi.

Kuba: Gavanada tomoshabinlar “Impulso Teatro” teatr guruhi elektrsiz namoyish etilgan spektaklga kirish joyini yoritgan mash’alalar yonidan o‘tyapti. Kundalik tok o‘chishi teatr jamoasiga jiddiy qiyinchilik tug‘dirmoqda.

Shotlandiya: Pitlori shahridagi “Sehrli o‘rmon” festivalida tomoshabinlar Lox-Danmor ko‘li ustida namoyish etilayotgan proyeksiya-shouni tomosha qilish uchun to‘plandi. Bu yilgi musiqa va yorug‘lik uyg‘unligi anjumanning 25 yilligiga bag‘ishlandi.

AQSH: Texasda mitingga kelgan Donald Trampni tarafdorlari olqish bilan kutib oldi. Shtat Senati o‘rni uchun respublikachi Ken Pekston va demokrat Jeyms Talariko raqobatlashmoqda.

Buyuk Britaniya: Londonda Pit Mondrianning “Kompozitsiya III” kartinasi auksionga qo‘yildi. Asar qiymati 20-30 million funt sterlingga baholangan.

Ukraina: Kiyev shahrida Rossiya dron hujumidan zarar ko‘rgan besh qavatli turar-joy binosi tashqarisida qutqaruvchilar ishlayapti.

Italiya: Rimda Bosh vazir Jorja Meloni taklif qilgan bahsli saylov islohoti bo‘yicha yakuniy ovoz berish kuni parlament quyi palatasi deputatlari norozilik bildirdi.
Fardona Yaxshiboyeva, O‘zA