Dunyo suratlarda
O‘zA o‘quvchilarni jahonda sodir bo‘lgan voqea-hodisalardan suratlar yordamida boxabar etishda davom etadi.

Xitoy: 1-oktabr – Xitoy Milliy bayrami arafasida Tyananmen maydonida ishchilar ulkan sun’iy gullardan bezak kompozitsiyasi yaratmoqda.

Polsha: Yevropa tramvaychilari chempionati. Haydovchilar mahoratini sinovdan o‘tkazuvchi bir kunlik musobaqa. Bu yilgi bahsda Praga jamoasi g‘olib chiqdi.

Rossiya: Parlament saylovining birinchi kuni. Markaziy saylov komissiyasida mamlakat bo‘ylab saylov uchastkalaridan bevosita namoyish tashkil qilingan.

Italiya: Milandagi “La Skala” teatri sahnasida Verdi ijodiga mansub “Traviata” operasining 1990-yildagi serhasham sahna ko‘rinishi qayta namoyish etildi. Asarda 90 ga yaqin ijrochi band.

Yaponiya: Nagoyada Osiyo o‘yinlari tekbol musobaqasi ayollar juftligi finalida Tailand vakili Supxavadi Vongkxamchan oltin medalni qo‘lga kiritish uchun harakat qilmoqda.

Buyuk Britaniya: G‘arbiy Susseksdagi avtosport festivalida bolalar retro pedalli avtomobilda “Settington kubogi” uchun bahslashmoqda.

Falastin: G‘azo shahrida Isroil droni zarbasidan so‘ng Shayx Ridvon mahallasi aholisi voqeaga munosabat bildirmoqda.

Germaniya: Myunxenda an’anaviy “Oktoberfest” bayrami: attraksionda sayr qilayotganlar.

Braziliya: Rio-de-Janeyrodagi san’at haftaligida rassom Aleks Senna “Ochiq ko‘z bilan ko‘rilgan tush” nomli shishiriluvchi san’at asarini namoyish etdi.

Hindiston: Madhya-Pradeshda faollar Ken-Betva daryolarini bog‘lash loyihasiga qarshi ramziy qabrlarda yotib, norozilik bildirdi. Ular loyiha qishloqlarni suv bosishi va aholi ko‘chirilishidan xavotirda.
Fardona Yaxshiboyeva, O‘zA