Dunyo iqtisodiyoti $128 trilliondan oshadi: O‘zbekiston nechanchi o‘rinda? (+video)
Xalqaro valyuta jamg‘armasi prognoziga ko‘ra, 2026-yilda jahon iqtisodiyotining umumiy hajmi $128 trilliondan oshadi
Taqqoslash uchun, 2023-yilda bu ko‘rsatkich qariyb $108 trillionni tashkil etgan.
Dunyo iqtisodiyotining asosiy qismini esa bir nechta yirik davlatlar shakllantirmoqda.
- AQSH — $32,64 trln
- Xitoy — $21,55 trln
- Germaniya — $5,47 trln
- Yaponiya — $4,34 trln
- Buyuk Britaniya — $4,27 trln
AQSH va Xitoyning jami YAIMi $54 trilliondan oshadi. Bu dunyo iqtisodiyotining 42 foizidan ko‘prog‘i demakdir.
O‘zbekistonning o‘rni qanday? Prognozlarga ko‘ra, O‘zbekiston 2026-yilda $178,17 mlrd nominal YAIM bilan dunyo iqtisodiyotlari orasida 60 o‘rinni egallaydi.
Mintaqadagi qo‘shnilarimiz ko‘rsatkichlari esa quyidagicha:
- Qozog‘iston — $397,92 mlrd, 47-o‘rin
- Qirg‘iziston — $26,69 mlrd, 124-o‘rin
- Tojikiston — $21,11 mlrd, 134-o‘rin
M.Turdaliyeva, I.Ismatov (O‘zA)