Döstlik va hamjihatlikning madaniy maskani
Mamlakatimizda aholi, ayniqsa, yoşlarning böş vaqtini mazmunli taşkil etiş, ularni sanʼat va madaniyatga keng jalb qiliş, isteʼdod va qobiliyatlarini yuzaga çiqarişga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bu borada olis va çekka hududlarda faoliyat yuritayotgan madaniyat markazlari muhim örin tutadi.
Navoiy viloyati Konimex tumani madaniyat bölimi tasarrufidagi «Döstlik», «Saribel» va «Şörköl» madaniyat markazlari aholiga madaniy xizmat körsatiş, yoşlarning ijodiy salohiyatini röyobga çiqariş hamda milliy sanʼat anʼanalarini asrab-avaylaşga munosib hissa qöşib kelmoqda.
Bölim tizimida aşula va raqs, vokal, drama va badiiy öqiş, xalq çolğu asboblari ansambli kabi yönalişlarda jami 10 ta tögarak faoliyati yölga qöyilgan. Ularda 175 nafar sanʼatga qiziquvçi öğil-qiz öz iqtidorini namoyon etib, ijodiy mahoratini oşirmoqda. Şuningdek, bölim qoşida «Jas-tulek» va «Saribel sazi» ansambllari faoliyat yuritmoqda.
Madaniyat markazlarida taşkil etilgan badiiy jamoalar ham özining rang-barang çiqişlari bilan tomoşabinlar eʼtiborini qozonmoqda. Xususan, havaskorlardan iborat «Ay-Xay-Şu» kulgu teatri, «Didar» va «Bi-Ken-Boys» milliy hamda zamonaviy raqs guruhlari viloyat va respublika miqyosidagi bayram tadbirlari, körik-tanlovlar va konsert dasturlarida faol iştirok etib kelyapti.
Turli millat vakillaridan iborat ijodiy jamoalar faoliyati hududda döstlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlaşda muhim örin tutadi. Ularning sahna çiqişlarida milliy qadriyatlar, öziga xos urf-odatlar va sanʼat anʼanalari özaro uyğunlaşib, turli xalqlar madaniyatining boyligi hamda rang-barangligi öz ifodasini topadi.
Konimexlik sanʼat ahlining ijodiy izlanişlari nafaqat tuman, balki viloyat va respublika miqyosidagi madaniy tadbirlarda ham öz ifodasini topmoqda. Bu esa çekka hududlarda ham isteʼdodli yoşlarni qöllab-quvvatlaş, xalq ijodiyotini rivojlantiriş va maʼnaviy muhitni boyitiş borasidagi işlarning ahamiyatini körsatadi.
[gallery-32653]
Zero, sanʼat millat tanlamaydi, u turli xalq va elat vakillarini ezgu maqsadlar yölida birlaştiradi. Konimex madaniyat markazlarining faoliyati ham ana şu döstlik va hamjihatlikning amaliy ifodasidir.
Siroj ASLONOV (surat), ÖzA