Denis Istomin va Maksim Shin Gruziyada chempion bo‘ldi
Gruziyada tennis bo‘yicha erkaklar o‘rtasida o‘tkazilgan M25 toifasiga kiruvchi “Kutaisi Open” xalqaro turnirida hamyurtimiz Denis Istomin va Maksim Shin tandemda bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.
Aniqroq aytadigan bo‘lsak, ushbu musobaqaning juftlik bahslarida Denis Istomin va Maksim Shin so‘nggi hal qiluvchi bosqichda neytral tennischi Yevgeniy Filippov va armanistonlik Daniil Sarkisyan bilan raqobatlashib, 6:4, 6:4 hisobida zafar quchdi.
Shu tariqa, “Kutaisi Open” xalqaro turniri bosh sovriniga ega chiqqan Denis va Maksim tashkilotchilar tomonidan 1 ming 782 AQSH dollari pul mukofoti va 25 reyting ochkosi bilan taqdirlandi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA