Toshkentda regbi-7 chempionati g‘oliblari taqdirlandi
FOTOREPORTAJ
Poytaxtimizdagi Mudofaa vazirligi sport majmuasida regbi-7 bo‘yicha Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari erkaklar hamda ayollar terma jamoalari ishtirokida o‘tkazilgan xalqaro chempionat o‘z nihoyasiga yetdi. Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tantanali marosimda CASA asoschisi va koordinatori, O‘zbekiston regbi federatsiyasi bosh kotibi Qahramon Jalilov, O‘zbekiston regbi federatsiyasi prezidenti Sodiq Safoyev, O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri o‘rinbosari, mamlakat regbi federatsiyasi birinchi vitse-prezidenti, polkovnik Alisher Norboyev, Jahon regbisining Osiyo bo‘yicha mintaqaviy hamkorlik menejeri Ridzal Saat hamda Osiyo regbisi bosh ijrochi direktori Benjamin van Ruyen ishtirok etdi.
[gallery-29476]
Marosimda musobaqada yuqori natija qayd etgan jamoalarga kubok, medal va esdalik sovg‘alari topshirildi. Tadbir davomida ishtirokchilar chempionatning yuqori saviyada tashkil etilganini alohida ta’kidladi.
Taqdirlash marosimi konsert dasturi bilan yakunlandi.
Muhammad AMIN (surat), O‘zA