Lukaku mundial tarixida tengsiz natija qayd etdi
JCH–2026da Lukaku urgan uchala golini ham zaxiradan maydonga tushgach kiritdi.
Romelu Lukaku JCH–2026 1/8 finalida AQSh milliy terma jamoasiga qarshi bahsda (4:1) jahon chempionatlari tarixidagi noyob rekordni o‘rnatdi.
33 yoshli hujumchi uchrashuvning 67-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi va 90+3-daqiqada jamoasining to‘rtinchi goliga mualliflik qildi.
Shu tariqa Lukaku mundiallar tarixida ketma-ket uchta o‘yinda zaxiradan maydonga tushib gol urgan ilk futbolchiga aylandi. Bundan tashqari, u jahon chempionatlari tarixida zaxiradan tushib to‘rtta gol urgan birinchi o‘yinchi sifatida ham rekord o‘rnatdi.
Qizig‘i shundaki, JCH–2026da Lukaku urgan uchala golini ham zaxiradan maydonga tushgach kiritdi. U ilk bor bunday natijani 2014-yilgi jahon chempionatining 1/8 finalida ham aynan AQSh milliy terma jamoasiga qarshi bahsda (2:1, qo‘shimcha vaqtda) qayd etgan edi.
Bundan tashqari, ushbu mundialda Lukaku bitta golli uzatma amalga oshirdi va guruh bosqichida Misr milliy terma jamoasiga qarshi o‘yinda (1:1) raqibning avtogoliga sababchi bo‘ldi.