Davlatimiz rahbari Bokuga keldi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan Boku shahriga keldi.
Haydar Aliyev nomidagi xalqaro aeroportda mamlakatimiz yetakchisini Ozarbayjon Bosh vazirining o‘rinbosari Shahin Mustafayev va boshqa rasmiylar kutib oldi.

Ertaga, 15-oktabr kuni O‘zbekiston yetakchisi Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning yettinchi sammitida ishtirok etadi.
Sammit doirasida qator ikki tomonlama uchrashuvlar ham rejalashtirilgan.
