O‘zbekiston Prezidenti Ozarbayjonga jo‘nab ketdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan 14-oktabr kuni amaliy tashrif bilan Boku shahriga jo‘nab ketdi.
Davlatimiz rahbari Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning yettinchi sammitida ishtirok etadi.
Xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan qator uchrashuv va muzokaralar o‘tkazilishi ham ko‘zda tutilgan.