Buxoroning boy merosi muzey eksponatlarida
Buxoro davlat muzey-qöriqxonasida xalqimizning boy tarixi, madaniyati va turmuş tarzidan sözlovçi 140 mingdan ziyod eksponat saqlanmoqda. Bu yerda tarixiy aşyolarni asrab-avaylaş, ilmiy örganiş va keng jamoatçilikka taniştiriş böyiça izçil iş olib borilyapti.
1922-yilda taşkil etilgan muassasa 1983-yildan muzey-qöriqxona maqomida faoliyat yuritib kelmoqda. Bugun uning tarkibida 16 ta muzey filiali va 2 ta muzey körgazmasi mavjud. Ularda Buxoroning köp asrlik tarixi va madaniy merosi aks etgan.
Muzey fondlarini boyitiş, eksponatlarni ilmiy tavsiflaş va saqlaş şaroitlarini yaxşilaşga alohida eʼtibor qaratilmoqda. 2024-yilda fondlarda 138 ming 689 ta eksponat mavjud bölgan bölsa, 2026-yil sentabr holatiga köra, ularning soni 140 ming 895 taga yetgan.
Fondlarni töldiriş işlari doirasida bojxona organlari orqali, ilmiy yiğuv işlari, fuqarolarning beğaraz tuhfalari va xaridlar hisobidan 337 ta tarixiy aşyo qabul qilingan. Joriy yilning dastlabki töqqiz oyida 17 ta eksponat restavratsiya qilinib, 165 tasi konservatsiyadan ötkazilgan.
Muzey-qöriqxona xalqaro körgazmalarda ham iştirok etmoqda. Sankt-Peterburg şahrida taşkil etilgan «Saroy yotoqlarini kaşf etib» körgazmasida muzey fondlaridan 47 ta noyob aşyo namoyiş etildi. Ular orasida amirlik davriga oid zarbof tönlar, salla, zardözi poyabzallar, kamarlar, taqinçoqlar hamda oltin va kumuş buyumlar bor.
Qatardagi Islom sanʼati muzeyida taşkil etilgan «Özbekiston: harakatdagi meros» xalqaro körgazmasiga esa 7 ta arxeologik eksponat taqdim etildi. Bunday hamkorlik loyihalari Buxoroning tarixiy-madaniy merosini dunyoga tanitişga xizmat qilmoqda.
[gallery-32526]
Joriy yilning yanvar–sentabr oylarida muzey-qöriqxona tizimidagi muzeylarga 686 ming 129 nafar mahalliy va xorijiy sayyoh taşrif buyurgan.
Tohir ISTATOV (surat), ÖzA