Dang‘arada gazoblok zavodi ochildi
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi bayrami arafasida Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida mamlakat bo‘ylab ochilishiga start berilgan yangi loyihalar qatorida Farg‘ona viloyatidagi Dang‘ara tumanida gazablok ishlab chiqarish zavodi ham foydalanishga topshirildi.
“Chinobod” MFY hududida joylashgan yangi loyiha 40 million dollar miqdoridagi xorijiy sarmoyalar hisobiga amalga oshirilib, unga ilg‘or zamonaviy texnologiyalar o‘rnatildi.



Korxonada 80 ta yangi ish o‘rni tashkil etildi. Loyiha ishga tushirilishi bilan Dang‘ara tumanida ishlab chiqarish ko‘lami kengayib, qurilish materiallari sanoatida yangi imkoniyatlar yaratildi.
Muhammadjon Obidov,
O‘zA