Çorvaçilikda innovatsion yondaşuv va xalqaro hamkorlik rivojlanmoqda
Özbekiston sönggi yillarda çorvaçilik tarmoğini modernizatsiya qiliş, göşt va sut mahsulotlari işlab çiqarişni köpaytiriş hamda naslçilikni yaxşilaş maqsadida xalqaro hamkorlikni sezilarli darajada kengaytirmoqda.
Xususan, çegaradoş Qozoğiston bilan yem-xaşak bazasini mustahkamlaş va çorva savdosini jonlantiriş, Belarus Respublikasi hududida esa özbekistonlik investorlar iştirokida yirik qöşma çorvaçilik komplekslarini taşkil etiş amaliyoti yuqori iqtisodiy samara bermoqda.
Jumladan, Çorvaçilik va yaylov xöjaligini rivojlantiriş agentligi va Qozoğiston çorvadorlari assotsiatsiyasi masʼullari ikki davlat örtasida çorvaçilik sohasidagi hamkorlikni kengaytiriş va ilğor tajribalarni Özbekistonda joriy etiş imkoniyatlarini muhokama qildi.

Bunda asosiy yönalişlar, jumladan, çorvaçilikda zamonaviy boşqaruv va sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etiş, fermer xöjaliklari kooperatsiyasini rivojlantiriş, naslçilik va genetika sohasidagi hamkorlik, göşt mahsulotlari logistikasi va savdosi hamda fermerlarning bilim va malakasini oşiriş böyiça muhokamalar qilindi.
Şuningdek, Qozoğistonning «20+1» fermerlar konsorsiumi modeli hamda “Dala.Camp” taʼlim platformasi tajribasi yuzasidan fikr almaşildi. Tomonlar istiqbolli qöşma taşabbuslarni örganiş, mutaxassislar va tadbirkorlar örtasidagi aloqalarni mustahkamlaş hamda amaliy hamkorlikni davom ettiriş masalalarini körib çiqdi.
Şu bilan birga, Avstraliya, Yangi Zelandiya hamda Yevropa Ittifoqining rivojlangan davlatlaridan eng ilğor genetik materiallar va yuqori mahsuldor zotdor qoramollarni olib keliş böyiça tizimli loyihalar hayotga tatbiq etilmoqda.
Jumladan, Avstraliyaning “ADAMAND ENTERPRISES PTY LTD” kompaniyasi vakili Andrey Vakulin bilan çorvaçilik sohasiga ilğor xorijiy texnologiyalarni jalb qiliş, investitsiyaviy loyihalarni rivojlantiriş va özaro hamkorlikni kengaytiriş masalalarini muhokama qildi.

Hamkorlikning ustuvor yönalişlari sifatida Avstraliyaning ilğor çorvaçilik tajribasini Özbekistonda joriy etiş, zamonaviy çorvaçilik komplekslarini taşkil etiş, işlab çiqariş samaradorligini oşiriş, istiqbolli investitsiyaviy loyihalarni işlab çiqiş, xalqaro ekspertlarni jalb etiş va texnik-iqtisodiy asoslarni tayyorlaş masalalari eʼtibor qaratildi.
Belarus Respublikasi vakillari bilan muzokaralarda özbekistonlik çorvadorlarni zamonaviy qişloq xöjaligi texnikalari bilan maqbul va imtiyozli şartlarda taʼminlaş, töğridan-töğri hamkorlikni rivojlantiriş masalalari muhokama qilindi.
Asosiy eʼtibor çorvaçilik xöjaliklarini texnik modernizatsiya qiliş, ozuqa tayyorlaş jarayonlarini mexanizatsiyalaş, mehnat unumdorligini oşiriş va zamonaviy texnologiyalarni joriy etişga qaratildi.

Xulosa qilib aytganda, Özbekistonning çorvaçilik sohasida olib borayotgan taşqi siyosati va xalqaro hamkorlik geografiyasini kengaytirişi mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlaşga qaratilgan uzoq muddatli strategik qadam.
Belarus bilan yölga qöyilgan transçegaraviy işlab çiqariş modellari, Qozoğiston bilan yem-xaşak kooperatsiyasi hamda Avstraliya va Yevropa davlatlaridan olib kelinayotgan yuqori genetik salohiyatga ega zotdor mollar mahalliy çorvaçilikni anʼanaviy, ekstensiv bosqiçdan zamonaviy, intensiv bosqiçga olib çiqmoqda.
Gulnoza Boboyeva,
ÖzA