Belarusda 20 dan ortiq özbek çorvaçilik loyihasi faoliyat yuritmoqda
Özbekiston Belarusda çorvaçilikni rivojlantirişga katta sarmoya kiritmoqda. Grodno va Vitebsk viloyatlarida yirik loyihalar orqali ikki davlat hamkorligi mustahkamlanib, yangi imkoniyatlar oçilmoqda.
Özbekiston va Belarus örtasida çorvaçilik sohasidagi hamkorlik jadal rivojlanmoqda. Ayni paytda uşbu davlatda özbekistonlik tadbirkorlarning 20 dan ortiq çorvaçilik loyihasi faoliyat yuritmoqda. Mazkur loyihalar doirasida 10 mingdan ziyod qoramol parvarişlanib, ikki mamlakat örtasidagi özaro manfaatli aloqalar mustahkamlanmoqda. Xususan, Grodno va Vitebsk viloyatlarida özbek sarmoyasi iştirokida yirik çorvaçilik majmualari işga tuşirildi.

Şu jumladan, Vitebsk viloyatining Mior tumani va Grodno viloyatining Oşmyani tumanida 3 ta yirik loyiha hayotga tatbiq etildi. Bunday hamkorlikning yorqin namunasi sifatida Şumilov tumanidagi loyihani keltiriş mumkin. Qaşqadaryolik tadbirkor bu yerda 2 ta çorvaçilik kompleksini ijaraga olib, 2 nafar rus va 3 nafar özbek mutaxassisi bilan iş boşladi. Hozirda 330 boş qoramol parvarişlanayotgan majmuada investor çorva sonini yanada köpaytirib, tayyor mahsulotni Özbekistonga eksport qilişni rejalaştirmoqda.

Maʼlumotlarga köra, Belarusdagi köplab çorvaçilik komplekslarida işçi kuçi va zamonaviy texnologiyalar yetişmovçiligi tufayli töliq quvvatda işlay olmayapti. Bu esa özbekistonlik investorlar uçun çekka hududlarda çorvaçilikni rivojlantiriş va özaro manfaatli hamkorlikni yölga qöyiş uçun keng imkoniyatlar yaratmoqda.

Özbekistonlik tadbirkorlarning Belarusdagi yirik loyihalarga sarmoya kiritişi, mahalliy çorvaçilik komplekslarining işçi kuçi va zamonaviy texnologiyalarga bölgan ehtiyojini qondiriş bilan birga, ikki mamlakat tadbirkorlarini yaqinlaştiradi. Bunday strategik hamkorlik iqtisodiy aloqalarni çuqurlaştirişga xizmat qilmoqda.
Sanjar Toşpölatov,
ÖzA