Chiqindi muammosi joyida hal bo‘ldi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahri “Shыg‘ыs” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi N.Abdullayeva “Ishonch telefoni” orqali uylardan chiqindilarning o‘z vaqtida olib ketilmayotganligi bo‘yicha murojaat etgan.
Mazkur murojaat Nukus shahar Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan tezkorlik bilan o‘rganildi. “Nukus tozalik trans” korxonasi bilan olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida hududdagi chiqindilar to‘liq olib ketildi va tartibga solindi.
Hozirgi vaqtda chiqindi tashish ishlari maxsus jadval asosida olib borilmoqda va ijrosi nazoratga olingan.
Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri.