Chim ustida xokkey bo‘yicha saralash musobaqalariga start berildi
FOTOREPORTAJ
Poytaxtimizdagi «Olimpiya shaharchasi»da “Prezident olimpiadasi” doirasida chim ustida xokkey bo‘yicha respublika saralash musobaqalari boshlandi.
O‘g‘il bolalar o‘rtasida o‘tkazilayotgan bahslarning dastlabki uchrashuvlari jamoalarning yuqori tayyorgarligi, g‘alabaga bo‘lgan intilishi va murosasiz kurashi bilan e’tiborga sazovor bo‘ldi.
Ilk kungi o‘yinlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi jamoasi Toshkent shahri vakillari ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Sirdaryo va Farg‘ona viloyatlari jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv ham keskin ruhda kechdi. Unda farg‘onalik yosh xokkeychilar raqiblarini 3:0 hisobida mag‘lub etdi.
[gallery-30298]
Shuningdek, boshqa uchrashuvlarda Toshkent viloyati Surxondaryo viloyatini 8:0, Navoiy viloyati Samarqand viloyatini 3:0, Buxoro viloyati Jizzax viloyatini 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Xorazm viloyati jamoasi esa Qashqadaryo viloyati ustidan 20:0 hisobida yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Saralash musobaqalari davom etmoqda.
Muhammad AMIN (surat), O‘zA