Chempionlar nomi ma’lum bo‘ldi
Toshkent viloyatining Bekobod shahrida boks bo‘yicha mamlakat chempionati bo‘lib o‘tdi.
Toshkent viloyatining Bekobod shahrida boks bo‘yicha mamlakat chempionati bo‘lib o‘tdi.Ikki yuzdan ortiq bokschi o‘nta vazn toifasida g‘oliblik uchun bahslashgan chempionat terma jamoalarga iqtidorli bokschilarni jalb etish, ularni kelgusidagi nufuzli musobaqalarga bosqichma-bosqich tayyorlab borishda muhim ahamiyatga ega. Musobaqada tajribali sportchilar bilan birga yosh iqtidor egalari ham mahorat ko‘rsatib, chempionlarga munosib izdoshlar yetishib chiqayotganini isbotladi.
Poytaxtlik Nodirjon Mirzahmedov, Abdulhay Shorahmatov, Toshkent viloyatidan Elnur Abduraimov, Zuhriddin Mahkamov, Boburbek Yo‘ldoshev, andijonlik Hasanboy Latiboxunov, Ulug‘bek Komilov, jizzaxlik Bobo-Usmon Botirov, xorazmlik Isroil Madrimov va surxondaryolik Bahodir Jalolov o‘z vazn toifasida oltin medalni qo‘lga kiritib, O‘zbekiston chempioni bo‘ldi.
Umumjamoa hisobida Toshkent viloyati jamoasi birinchi, andijonlik sportchilar ikkinchi va poytaxtlik bokschilar uchinchi o‘rinni egalladi.