Çavandozlar tulporlarida "raqs" tuşdi
Poytaxtimizdagi "Universal Horses Stable" majmuasida ot yörttiriş yönalişi böyiça "FEI Dressage World Challenge 2026" xalqaro musobaqasi yakuniga yetdi.
Mazkur musobaqada çavandozlar beşta dastur böyiça bahslarda iştirok etdi. Jumladan, “Senior I” dasturida Mariya Gafurova (Empty G) birinçi örinni egallagan bölsa, Laziza Karimova (Ashton Valley) ikkinçi, Naerin Tolipova (Hello Sensey) uçinçi poğonadan joy oldi. “Senior II” dasturida Yevdokiya Kemalova (Eltino G) barça raqiblarini ortda qoldirdi. Kuçli uçlikdan Kamila Salimova (Contender G) va Yana Pavliva (Verdana Gut G) joy oldi.
“Youth” dasturida Suğdiyona Ahmedova (Ashton Valley), Sagdiana Şaymardanova (Beniamino Di Fortuna) va Mumtozbegim Abdurahmonova (Brabus) şohsupaga kötarildi.
“Intermediate I” dasturida Feruza Abdullayeva “Passaj” nomli tulporida oltin medalni qölga kiritdi. Feliks Nuritdinov “Beniamino Di Fortuna” laqabli otida kumuş, Aylin Abdullayeva “Alon-Shael” oti bilan bronza medaliga ega çiqdi. “Prix St-Georges” dasturida Alina Şevsova (Emerald) şohsupaning eng yuqori poğonasidan joy oldi. Uma Sofiya Butovenko (Monschof’s Red Diamond) ikkinçi, Aylin Abdullayeva (Sanhit Hellas) uçinçi böldi.
Darvoqe, 7–8-noyabr kunlari poytaxtimizdagi “Universal Horses Stable” majmuasida ot sportining tösiqlardan sakraş (konkur) yönalişi böyiça “FEI Jumping World Challenge” xalqaro musobaqasi bölib ötadi.
Javohir Toşxöjayev,
ÖzA