Chad Xalqaro Jinoyat Sudidan chiqishini e’lon qildi
Chad Respublikasi Xalqaro Jinoyat Sudini (XJS) tashkil etuvchi Rim statutidan chiqishini e’lon qildi va tuzilmani Afrikaga nisbatan tarafkashlikda aybladi.
Ta’kidlanishicha, joriy yil 27-iyulda Chad hukumati Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh kotibiga va Rim statuti depozitariysiga Xalqaro Jinoyat Sudining Rim statutidan chiqish to‘g‘risidagi suveren qarori haqida xabar bergan.
Ushbu qaror XJS faoliyati tahlilidan so‘ng qabul qilingan, Chad buni samarasiz va Afrikaga nisbatan tarafkashlik deb bilishini ma’lum qildi. Masalan, unda XJS tergovlarining aksariyati Afrika mamlakatlariga tegishli ekanligi, bu tashkilot faoliyatining siyosiylashtirilganligini ko‘rsatayotganiga urg‘u berilgan.
Shu bilan birga, Chad Tashqi ishlar vazirligi Afrika Ittifoqi doirasida xalqaro adolat mexanizmlarini yaratishga chaqirdi.
Avvalroq, Burkina-Faso, Mali va Niger ham qo‘shma kommyunike tarqatib, Rim statutidan chiqishini e’lon qilgan edi. Ular Xalqaro Jinoyat Sudi urush jinoyatlari, insoniyatga qarshi jinoyatlar, genotsid va tajovuzni eshitish va tergov qilish qobiliyatiga ega emasligini ta’kidlagandi.
S.Rahimov, O‘zA