Buxoroga keladigan xorijlik turistlar sonini 7 millionga yetkaziş vazifasi qöyildi
Buxoroda turizm mavsumi tört oydan olti oyga uzaygan. Prezidentimiz yilning qolgan davrida ham sayyohlarni jalb qiladigan yangi tadbirlar va turizm mahsulotlarini taklif etiş zarurligini taʼkidladi.
Kelasi yil viloyatda 30 ga yaqin xalqaro tadbir ötkaziş rejalaştirilgan. Şu bilan birga, hozir Buxoroda beş yulduzli mehmonxona yöq, yirik savdo va köngiloçar maskanlar ham yetarli emas. Mavjud xizmatlarning asosiy qismi Buxoro şahrida jamlangan.
– Servis taklifi talabga mos emas, – dedi mamlakatimiz yetakçisi.
Sayyohlar sonini oşiriş uçun joylaştiriş, savdo, dam oliş va sayohat xizmatlarini viloyat tumanlarida ham rivojlantiriş zarurligi qayd etildi.
Masʼullarga xorijlik turistlar sonini 7 millionga yetkaziş böyiça oyma-oy reja tayyorlaş vazifasi qöyildi. Unda qaysi davlatlardan sayyoh jalb etilişi, qanday yangi turpaketlar va tadbirlar taklif qilinişi, tumanlarda qaysi obʼektlar işga tuşirilişi aniq körsatilişi lozim.
ÖzA