“Bunyodkor”ning muhim g‘alabasi
Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi Osiyo chempionlar ligasining guruh bosqichiga saralash bahsida Birlashgan Arab Amirliklarining «Al-Jazira» jamoasiga qarshi maydonga tushdi.
Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi Osiyo chempionlar ligasining guruh bosqichiga saralash bahsida Birlashgan Arab Amirliklarining «Al-Jazira» jamoasiga qarshi maydonga tushdi.
“Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuvning dastlabki daqiqalaridan hujumkor o‘yin namoyish etgan Sergey Lushan shogirdlari 23-daqiqada hisobni ochdi. Bu vaziyatda Vohid Shodiyev raqib darvozasini aniq nishonga oldi – 1:0. Ammo, birinchi bo‘lim yakunlanishi arafasida hakam tomonidan «Bunyodkor» darvozasi tomon belgilangan penaltidan Ali Mahbud unumli foydalanib, hisobni tenglashtirdi.
Ikkinchi bo‘limda ham futbolchilarimiz maydonda faol harakat qildi. 52-daqiqada Sardor Rashidov navbatdagi golga mualliflik qildi va «Bunyodkor» jamoasining 2:1 hisobidagi g‘alabasini ta’minladi.
Shu tariqa “Bunyodkor” Osiyo chempionlar ligasining guruh bosqichiga yo‘llanma oldi. Endi futbolchilarimiz «A» guruhida “Al-Nasr” (Saudiya Arabistoni), “Lahviya” (Qatar) va “Persepolis” (Eron) jamoalari bilan bahslashadi.