Bukayo Saka: Biz nimaga erishmoqchi ekanimizni juda yaxshi bilamiz
Jamoa bilan oldinga intilishda davom etamiz hamda g‘olib bo‘lish uchun borimizni beramiz.
Angliya terma jamoasi vingeri Bukayo Saka bo‘lajak mundial haqida gapirdi.
"Bizdan ko‘p narsalar kutilayotganini bilamiz, lekin biz o‘zimizga talab qo‘yganmiz. Maqsadimiz bo‘lsa hech narsa bizga bosim o‘tkaza olmaydi. Shuning uchun biz barcha shovqin-suronni bir chetga surib, erishmoq bo‘lgan narsamizga intilishimiz kerak. Biz jahon chempionatiga nimaga borayotganimizni bilamiz va buni diqqat markazida tutamiz. O‘tmishdagi muvaffaqiyatsizliklarga qaramay, biz Yevroga g‘alaba qozonish uchun borgan edik va bunga yaqin ham kelganmiz. Jamoa bilan oldinga intilishda davom etamiz hamda g‘olib bo‘lish uchun borimizni beramiz", - dedi Saka.
Eslatib o‘tamiz, Angliya terma jamoasi mundialning guruh bosqichida Urugvay, Panama va Gana bilan kuch sinashadi.