Bugun U-17 jahon chempionatiga qur’a tashlanadi
Musobaqa shu yilning 19-noyabridan 13-dekabriga qadar Qatarning "Espayr" akamediyasi maydonlarida bo‘lib o‘tadi.
Bugun Shveysariyaning Tsyurix shahrida 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionatiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi. Tadbir Toshkent vaqti bilan 19:00da start olishi rejalashtirilgan. O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi qur’aning 2-savatidan joy olgan.
Musobaqa shu yilning 19-noyabridan 13-dekabriga qadar Qatarning "Espayr" akamediyasi maydonlarida bo‘lib o‘tadi. Unda 48ta terma jamoa 12ta guruhga bo‘lingan holda mundial g‘olibligi uchun kurash olib boradi.