Bugun tug‘ilgan kun –Sherzod Hidoyatov
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Sherzod Hidoyatov 1980-yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan.
2006-yilda Toshkent davlat texnika universitetini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 1998-yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudining Tashkiliy-nazorat boshqarmasi umumiy bo‘limida nusxa ko‘chirish bo‘yicha nozirlikdan boshlagan. 2008-yilda Akfa xoldingida qurilish bo‘yicha direktor lavozimida ishlagan. 2009-yildan 2018-yilgacha Green line profill, Nordlink Aliminium Bulding Matirials, Neo sun LightI, Dream Production, Artel Engineering, Durabel Beton, Toshkent transformator zavodi kabi kompaniyalarda faoliyat ko‘rsatgan.
2021-yil 14-yanvardan Sherzod Hidoyatov Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri lavozimida ishlab kelmoqda.
Sherzod Hidoyatov bir qator davlat mukofotlari bilan taqdirlangan. Jumladan, 2018-yilda «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlangan.
***
Saytimizda tashkil etilgan «Bugun tug‘ilgan kun» loyihasida turli sohalarda mamlakatimiz ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shgan va qo‘shayotgan insonlar, davlat hamda jamoat arboblari, akademiklar, el sevgan ijodkorlar hamda kasbi, tanlagan yo‘lida yuqori natijalarga erishayotgan vatandoshlarimizning tug‘ilgan kunlari esga olinadi.
Mazkur ruknga oid fikr-mulohazalaringiz, taklif yoki qo‘shimchalaringiz bo‘lsa, quyidagi manzillarga murojaat qilishingiz mumkin.
Telegram: @UzA_pochta
O‘zA