Bir vatan, bir xalq, bir bayroq!
Namanganda Özbekiston davlat bayroği qabul qilingan sana munosabati bilan keng kölamdagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar ötkazildi.
Jumladan, mamlakatimiz bayroği tasdiqlanganining öttiz beş yilligiga bağişlab, Boş prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi Namangan viloyati boşqarmasida "Bir Vatan, bir el, bir bayroq!" şiori ostidagi tadbir taşkil etildi.
Unda byuro boşqarmasi xodimlari hamda Namangan şahridagi 20-umumtaʼlim maktabining öquvçilari iştirok etişdi.

Eʼtirof etilganidek, davlat ramzlari har bir xalqning milliy özligi, ğururi va mustaqilligini ifoda etuvçi muqaddas timsollardir. Ayniqsa, davlat bayroği ona Vatanga muhabbat, sadoqat va faxr tuyğularini özida mujassam etgan uluğvor ramz hisoblanadi.
Taʼkidlaş joizki, 1991-yil 18-noyabrda qabul qilingan Özbekiston bayroği yurtimiz mustaqilligi, xalqimizning milliy ğururi va şaʼni timsoli sanalib, unda elimizning boy tarixi, ezgu orzu-intilişlari, tinçlik va osoyiştalikka bölgan intilişi mujassam.

Şu maʼnoda, uşbu tadbir davlat ramzlariga bölgan hurmat va ehtiromni yanada yuksaltiriş, xodimlar va yoş avlod qalbida Vatanimizga muhabbat, milliy ğurur hamda faxr tuyğularini mustahkamlaşga qaratildi.
Tadbir davomida hozirgaça qabul qilingan bayroqlar tarixi, uşbu bebaho ramzning mazmun-mohiyati, uning mamlakatimiz hayotidagi örni va ahamiyati xususida atrofliça söz yuritildi.

– Davlatimiz bayroği şunçaki ranglar uyğunligidan iborat ramz emas. U istiqlolimiz, milliy özligu birligimiz va ertangi kunga bölgan işonçimizni ifoda etadi, – deydi Majburiy ijro byurosi Namangan viloyati boşqarmasi inspektori Humoyunmirzo Abdullayev. – Har bir fuqaro, ayniqsa, yoş avlod qalbida bayroğimizga nisbatan hurmat va iftixor tuyğusi şakllanişi muhim. Zero, davlat ramzlarini eʼzozlaş – yurtni eʼzozlaş demakdir.

Maʼnaviy-maʼrifiy keça öquvçilar tomonidan tayyorlangan badiiy dastur ila yanada kötarinki va mazmunli keçdi. Yangi Özbekistonni madh etuvçi şeʼrlar, diltortar qöşiqlar, badiiy çiqişlar va sahna körinişlari namoyiş etildi. Ayniqsa, yoşlarning bayroğimizga bölgan mehr-muhabbati va hurmatini ifoda etgan çiqişlari iştirokçilarda iliq taassurot uyğotdi. Darhaqiqat, davlat ramzlarini eʼzozlaş, ularning tarixiy va maʼnaviy ahamiyatini yoş avlod ongiga singdiriş barçamizning muhim vazifamizdir.

Tadbir yakunida boşqarma tomonidan maktab öquçilariga kitoblar jamlanmasi va taşakkurnomalar topşirildi. Binobarin, osmonimiz musaffo, yurtimiz tinç, xalqimiz birdam bölsa, bayroğimiz hamişa baland hilpiraydi. Davlat bayroğiga bölgan hurmat – bu Vatanga bölgan hurmat ifodasidir.
Oqilxon Dadaboyev, ÖzA muxbiri