Bugun tug‘ilgan kun – Ochilboy Ramatov
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston Qahramoni Ochilboy Ramatov 1962-yil 20-avgust kuni Xorazm viloyatining Shovot tumanida tug‘ilgan.
U 1980-yilda Urganch temir yo‘llar bilim yurtini, 1988-yili Toshkent temiryo‘l muhandislari institutini tugallagan. Dastlab Urganch temir yo‘l vokzalida mashinist yordamchisi sifatida ish boshlagan. 1995-yilda "O‘ztemiryo‘lmashta’mir" UK bosh direktori lavozimiga tayinlandi.
2002-yildan 2019-yil fevralgacha «O‘zbekiston temir yo‘llari» kompaniyasi boshqaruvi raisi lavozimida ishlagan.
2022-yildan Bosh vazir o‘rinbosari lavozimi ishlab kelmoqda.
O.Ramatov bir qator davlat mukofotlari — 2000-yilda “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sanoat xodimi” faxriy unvoni, 2007-yilda “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni, 2011-yilda “El-yurt hurmati” ordeni, 2013-yilda “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni bilan taqdirlangan.
***
PS: Saytimizda tashkil etilgan «Bugun tug‘ilgan kun» loyihasida turli sohalarda mamlakatimiz ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shgan va qo‘shayotgan insonlar, davlat hamda jamoat arboblari, akademiklar, el sevgan ijodkorlar hamda kasbi, tanlagan yo‘lida yuqori natijalarga erishayotgan vatandoshlarimizning tug‘ilgan kunlari esga olinadi.
Mazkur ruknga oid fikr-mulohazalaringiz, taklif yoki qo‘shimchalaringiz bo‘lsa, quyidagi manzillarga murojaat qilishingiz mumkin.
Telegram: @UzA_pochta
O‘zA