Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatining Bekobod shahriga tashrif buyuradi
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatining Bekobod shahriga tashrif buyurib, O‘zbekiston metallurgiya kombinatida amalga oshirilayotgan ishlar va yangi loyihalar bilan tanishadi.
Shuningdek, davlatimiz rahbari mamlakatimizda qora metallurgiya sanoatini yanada rivojlantirish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazadi.