Bugun legionerlarimiz: Shomurodov va Fayzullayev maydonga tushadi
Shomurodov bugun ham gol ursa, Superliganing dastlabki uch turida ketma-ket gol urgan bo‘ladi.
Bugun, 30-avgust kuni, Turkiya Superligasining 3-turida o‘zbekistonlik futbolchilar Eldor Shomurodov va Abbosbek Fayzullayev to‘p tepayotgan “Bashakshehir” o‘z maydonida “Kasimpasha”ni qabul qiladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 23:30 da boshlanadi.
Shomurodov yangi mavsumni juda yaxshi boshladi. O‘zbekiston terma jamoasi sardori Superliganing dastlabki ikki uchrashuvida ham raqib darvozasini ishg‘ol qilib, hisobiga 2 ta gol yozdirib qo‘ydi. FotMob ma’lumotiga ko‘ra, Eldorning mavsumdagi o‘rtacha bahosi hozircha 7,57 ni tashkil etmoqda.
Abbosbek Fayzullayev ham “Bashakshehir”ning dastlabki ikki turida maydonga tushdi va hisobiga 1 ta golli uzatma yozdirgan. Bugungi uchrashuvning taxminiy tarkibida ham Shomurodov, ham Fayzullayev asosiy tarkibdan joy olgan.
“Bashakshehir” — “Kasimpasha”
30-avgust | 23:30 (Toshkent vaqti)
Shomurodov bugun ham gol ursa, Superliganing dastlabki uch turida ketma-ket gol urgan bo‘ladi.