Bugun Jahon chempionatining 1/8 final o‘yinlari start oladi
Qatarda davom etayotgan jahon chempionati guruh bosqich o‘yinlari yakuniga yetdi. Kecha o‘tkazilgan 4 ta uchrashuvdan keyin pley-offning barcha juftliklari ma’lum bo‘ldi.
Bu galgi Jahon chempionati guruh bosqich o‘yinlarida Portugaliya, Braziliya, Angliya, Fransiya, Niderlandiya jamoalaridan boshqa hech bir terma jamoa keyingi bosqichga to‘laqonli ishonch bilan chiqish imkoniyatiga ega bo‘lmadi.
Jahon chempionatining 1/8 final bosqichida Niderlandiya – AQSH, Argentina – Avstraliya, Yaponiya – Xorvatiya, Braziliya – Janubiy Koreya, Fransiya – Polsha, Angliya – Senegal, Marokash – Ispaniya, Portugaliya – Shveysariya to‘qnash keladi.

Bugun, 3 dekabr kuni millionlab futbol ishqibozlari Niderlandiya – AQSH, Argentina – Avstraliya o‘yiniga guvoh bo‘ladi.
Chempionatning 1/8 finalida jamoalarning joylashuviga nazar tashlansa, Niderlandiya, Argentina, Xorvatiya, Braziliya karvoni bir qanotda, Fransiya, Angliya, Portugaliya, Ispaniya jamoalari saf tortgan juftliklar ikkinchi qanotda final dovoni sari odimlamoqda.
Bu yilgi mundial kutilgan va kutilmagan uchrashuvlari bilan qiziqarli kechmoqdaki, 1/8 finaldan e’tiboran har bir o‘yin final darajasida shiddatli kechishi shubhasiz.
To‘lqin Ro‘ziyev, O‘zA