Britaniya Saudiyaga qiruvchi samolyotlar yuboradi
Buyuk Britaniya Yaman xusiylari hujumi kuchayishi ortidan Saudiya Arabistoniga qo‘shimcha harbiy yordam ko‘rsatishini ma’lum qildi. Qirollik Mudofaa vazirligi xabariga ko‘ra, “Typhoon” qiruvchi samolyotlari shaharlar va muhim infratuzilmani havo hujumidan himoya qilish uchun maxsus parvozlar amalga oshiradi.
Vazirlik samolyotlar xusiylarga qarshi hujumda qatnashmasligi, faqat mudofaa vazifasini bajarishini ta’kidladi. Shuningdek, Britaniya Saudiya hududida harbiy yuk tashish uchun RAF A400M transport samolyoti hamda mahalliy harbiylarga ko‘maklashish uchun maslahatchilar ham yuboradi. Mudofaa vaziri Ues Striting xusiylar hujumini “o‘ta jirkanch va mintaqaviy xavfsizlik uchun xatarli” deya ifodaladi.
So‘nggi haftalarda xusiylar tomonidan raketa hujumi ko‘paygani aytilmoqda. Saudiya Fuqaro aviatsiyasi bosh boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, shu oy boshida Ar-Riyoddagi Shoh Xolid xalqaro aeroportiga berilgan zarba oqibatida 13 kishi halok bo‘lgan, 300 dan ko‘p odam jarohatlangan. Xusiylar iyul oyida Saudiyaga nisbatan dengiz qamali e’lon qilishi va kemalarga hujumni kuchaytirishi mintaqada keskinlikni yanada oshirgan.
Musulmon Ziyo, O‘zA