Britaniya boshpana izlovchilarga 10 000 funtlik majburiy to‘lov joriy etmoqchi
Buyuk Britaniya hukumati noqonuniy migratsiyaga qarshi kurash doirasida mamlakatdan boshpana so‘rayotgan shaxslarga doimiy yashash huquqi berilishidan oldin davlat tomonidan ko‘rsatilgan uy-joy va boshqa asosiy ehtiyoj xarajati uchun taxminan 10 000 funt sterling, taxminan 13 222 dollar miqdorida haq to‘lash majburiyatini yuklamoqchi.
Mamlakat ichki ishlar vaziri Shabona Mahmud ma’lum qilishicha, ushbu yangi chora davlat byudjeti va mahalliy soliq to‘lovchilar zimmasidagi moliyaviy yukni sezilarli darajada kamaytirishga xizmat qiladi. Bu haqda “The Guardian” nashri xabar bergan.
Mulozim xalq saxovatidan bahramand qochqinlar muayyan huquqdan foydalanishi barobarida jamiyat oldidagi mas’uliyatini ham his etib, davlat sarfini qoplashda ishtirok etishi lozim. Mazkur tartib faqat moliyaviy jihatdan to‘lov qobiliyatiga ega voyaga yetgan shaxslarga nisbatan qo‘llanishi ko‘zda tutilgan. Voyaga yetmaganlar ushbu majburiyatdan ozod. Shuningdek, qonun loyihasi ortga qaytish kuchiga ega emas, ya’ni avval boshpana olganlarga daxl qilmaydi.
F.Yaxshiboyeva, O‘zA