Bolşaya Aziya: Özbekiston va Rossiya media hamkorlikni kuçaytiradi
RFning "Bolşaya Aziya" naşri poytaxtimizda ötkazilayotgan Özbekiston – Rossiya III mediaforumi haqida maqola eʼlon qildi.
Naşrning qayd etişiça, anjumanda axborot sohasidagi hamkorlikni kengaytiriş, qöşma media loyihalarni amalga oşiriş hamda zamonaviy texnologiyalarning ommaviy axborot vositalari faoliyatiga taʼsiri muhokama qilinmoqda.
Rossiyaning TASS axborot agentligi Boş direktori Andrey Kondraşov ikki mamlakat tahririyatlari va mediakompaniyalari örtasidagi aloqalarni yanada rivojlantiriş, qöşma televizion va raqamli loyihalar yaratiş, hujjatli hamda badiiy filmlar suratga oliş, tarix va madaniyatga bağişlangan maxsus medialoyihalarni köpaytiriş taklifini ilgari surgan.
Özbekiston Milliy axborot agentligi Boş direktori Abdusaid Köçimov esa ommaviy axborot vositalarining ikki davlat örtasidagi hamkorlikni mustahkamlaş, madaniyatlararo muloqot va xalqlar örtasidagi özaro anglaşuvni rivojlantirişdagi ahamiyatiga eʼtibor qaratgan. U media makondagi özgarişlar şaroitida axborot işonçliligi, tahlil sifati va voqealarni xolis yoritiş ustuvor ahamiyat kasb etişini taʼkidlagan.
Naşrning yozişiça, forumda mediasohani raqamlaştiriş, kontent yaratişda sunʼiy intellektdan foydalaniş, axborot xavfsizligi, bolalarni internetdagi tahdidlardan himoya qiliş va maʼlumotlar işonçliligini tekşiriş masalalariga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Şuningdek, Rossiya prezidentining strategik şeriklik va hamkorlik böyiça boşqarmasi boşliği Vadim Titov Özbekistonga har yili qariyb bir million rossiyalik sayyoh taşrif buyurişini, ikki mamlakat örtasidagi savdo aylanmasi esa rekord daraja – 13 milliard dollarga yetganini maʼlum qilgan.
Xabarga köra, ÖzA va TASS hamkorligida taşkil etilgan forumda Rossiyaning VGTRK, «Perviy kanal», NTV, RT, «Mir», «Gazprom-Media Xolding», VK va «Yandeks» kabi yirik mediatuzilmalari, şuningdek, Özbekistonning davlat va nodavlat ommaviy axborot vositalari vakillari qatnaşmoqda.
F.Yaxşiboyeva, ÖzA