Eron Hurmuz böğozidan ötayotgan kemalarni ogohlantirdi
Eron harbiy-dengiz kuçlari Hurmuz böğozining şarqiy qismida neft taşuvçi tanker dengiz minasiga urilişi oqibatida yonğin kelib çiqqanini maʼlum qildi.
Taʼkidlanişiça, tanker navigatsiya va identifikatsiya tizimlarini öçirgan holda harakatlaniş taqiqlangan hududdan ötişga uringan.
Minaga uriliş oqibatida kemada yonğin boşlangan va u harakatni davom ettira olmagan. Eron tomoni xavfli hududlardan belgilangan tartiblarga rioya qilmasdan ötişga urinayotgan kemalarni şunday oqibatlar kutişi mumkinligidan ogohlantirgan.
Keça Eron Islom inqilobi qöriqçilari korpusi yana ikki neft tankeri Hurmuz böğozi va unga yaqin hududlarda minaga urilib, yonğin çiqqanini bildirgan. Eron tomonining taʼkidlaşiça, mazkur kemalar ham navigatsiya tizimlarini öçirib, ruxsat etilmagan yönalişlardan harakatlangan.
Hozirça kemalarning nomi, qaysi davlatga tegişli ekani, ekipaj aʼzolarining ahvoli va yetkazilgan zarar miqdori haqida töliq maʼlumot berilmagan.
Eslatib ötamiz, Hurmuz böğozi jahon neft va tabiiy gaz taşuvlarida muhim strategik ahamiyatga ega. Mintaqadagi harbiy-siyosiy keskinlik xalqaro dengiz qatnovi xavfsizligiga jiddiy tahdid solmoqda.
A.Mamatov, ÖzA