Boliviya Surinamni mag‘lub etib, pley-offning so‘nggi bosqichiga yo‘l oldi
Boliviya terma jamoasi o‘z uyida Surinamni qabul qilib 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Joriy yilning iyun-iyul oylarida AQSH, Meksika hamda Kanada yashil maydonlarida Jahon chempionati bahslari bo‘lib o‘tadi. Mundialning saralash bosqichining hal qiluvchi pallasi yetib keldi. Boliviya terma jamoasi o‘z uyida Surinamni qabul qilib 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvning 48-daqiqasida mehmonlar hisobni ochgan bo‘lsa, 72-va 79- daqiqalarda Lotin Amerikasi vakillari 2ta gol urib, g‘alabani o‘z tomonlariga og‘dirdi.

Endilikda Boliviya Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun Iroqga qarshi 1-aprel kuni maydonga chiqadi. Bahs g‘olibi mundial chiptasiga ega bo‘ladi.