Bolalikdan moliyaviy savodxonlik: “UZCARD KIDS” foydali odatlarni shakllantirishga qanday yordam beradi
1-oktabrdan 1-noyabrgacha Toshkent hayvonot bog‘ida UZCARD dam olish kunlari oyligi o‘tkazilmoqda. “UZCARD KIDS” kartalarining yosh saqlovchilari uchun tashrif buyurishning maxsus shartlari amal qiladi, dam olish kunlari esa o‘yin va ta’limiy faolliklar tashkil etiladi.
Loyiha “UZCARD KIDS” ning bolalar va o‘smirlarning moliyaviy savodxonligini amaliyot va tushunarli hayotiy vaziyatlar orqali rivojlantirishga qaratilgan faoliyatini davom ettiradi.
Loyiha UZCARD tomonidan Toshkent hayvonot bog‘i va ATTO bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. 7 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar istalgan bank tomonidan chiqarilgan “UZCARD KIDS” kartasi bilan chipta uchun to‘lov qilganda hayvonot bog‘iga bepul tashrif buyurishlari mumkin, boshqa UZCARD kartasi bilan to‘lov qilinganda esa bolalar chiptasiga 40% chegirma taqdim etiladi.

Kirish joyidagi turniketlarga validatorlar o‘rnatilgan, shu sababli bola o‘zining “UZCARD KIDS” kartasini mustaqil ravishda tekkizib, chipta uchun to‘lov qilishi mumkin. Bunday oddiy tajriba unga pul bilan muomala qilishda o‘zini yanada mustaqil his etishga yordam beradi.
Dam olish kunlari bolalar uchun mahorat darslari, mini-kvestlar, akvagrim, filni oziqlantirish va boshqa faolliklar ham tashkil etiladi. Shu kunlarda “ANORBANK” vakillari bevosita hayvonot bog‘i hududida “UZCARD KIDS” kartalarini rasmiylashtiradi va ota-onalarga kartaning imkoniyatlari haqida ma’lumot beradi.

Bunday format bolani moliyaviy vositalar bilan odatiy muhitda tanishtirish imkonini beradi. Shaxsiy karta, kichik shaxsiy byudjet va xarid uchun mustaqil ravishda to‘lov qilish imkoniyati odatiy oilaviy tajribaning bir qismiga aylanadi.

“UZCARD KIDS” bolaga dastlabki mustaqil to‘lovlarni amalga oshirish va mavjud summani boshqarishni o‘rganish imkonini beradi, ota-onalarga esa xarajatlarni nazorat qilish va unga bosqichma-bosqich ko‘proq mas’uliyat topshirish imkonini yaratadi.
Amaliy yondashuv o‘yin va ta’limiy formatlar bilan to‘ldiriladi. UZCARD bolalar va o‘smirlar uchun moliyaviy va raqamli savodxonlik bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazadi, yangi tushunchalarni faqat nazariya orqali emas, balki amaliy harakatlar orqali o‘zlashtirish uchun interaktiv topshiriqlar va stol o‘yinlaridan foydalanadi.
Bunda moliyaviy tarbiyada asosiy rol ota-onalarda qoladi. Bolaning xarajatlarini nafaqat nazorat qilish, balki uning qarorlarini ham muhokama qilish muhim: pulni hozir nimaga sarflash maqsadga muvofiq, nimani keyinga qoldirish mumkin va mavjud summani qanday taqsimlash kerak. Bunday suhbatlar pulga nisbatan ongli munosabatni bosqichma-bosqich shakllantirishga yordam beradi.

“UZCARD KIDS” bolaning amaliy tajribasi, ta’limiy formatlar va ota-onalarning ishtirokini birlashtiradi — bu uch tarkibiy qism pul bilan mustaqil va savodli muomala qilish ko‘nikmalarini bosqichma-bosqich shakllantirishga yordam beradi.
“UZCARD” Qulay yashang.
O‘zA