Davlat aktivlarini 7 yilgacha foizsiz bo‘lib to‘lash sharti bilan sotib olish imkoniyati yaratildi
Prezident Farmoniga muvofiq, mamlakatimizda tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash va davlat aktivlarini xususiylashtirish jarayonlarini jadallashtirish maqsadida muhim yengilliklar belgilandi.
Xususan, 1 mingga yaqin davlatga tegishli ko‘chmas mulk va ulushlar 7 yilgacha foizsiz bo‘lib to‘lash sharti bilan “E-auksion” elektron savdo platformasiga joylashtirildi.
Hududlar kesimida savdoga chiqarilgan ob’ektlar soni:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 108 ta
Andijon viloyati – 34 ta
Buxoro viloyati – 67 ta
Jizzax viloyati – 86 ta
Qashqadaryo viloyati – 84 ta
Navoiy viloyati – 71 ta
Namangan viloyati – 49 ta
Samarqand viloyati – 51 ta
Surxondaryo viloyati – 69 ta
Sirdaryo viloyati – 40 ta
Toshkent shahri – 143 ta
Toshkent viloyati – 89 ta
Farg‘ona viloyati – 33 ta
Xorazm viloyati – 64 ta
Ushbu imkoniyat mahalliy va xorijiy investorlar, shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini boshlash yoki kengaytirish istagida bo‘lgan fuqarolar uchun qulay moliyaviy sharoit yaratadi.
O‘zA