Bokschilarimizning aksariyati medalli bo‘ldi
Qirg‘izistonning Norin viloyatida Nurlan Abdikalikov xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro turnirda o‘zbekistonlik bokschilar 17 ta medalga sazovor bo‘ldi.
Shundan 6 tasi oltin, 5 tasi kumush va 6 tasi bronza medallaridir. Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
E’tiborlisi, vakillarimiz mazkur xalqaro musobaqada 21 nafar sportchi bilan ishtirok etib, terma jamoamiz a’zolaridan Shodiyorjon Meliqo‘ziyev, Dilshod Abduvaliyev, Samandar Xolmurodov, Ruslan Abdullayev, Jasurbek Yuldoshev, Timur Merjanov oltin medalga, Muhammadqodir Mamirjonov, Foziljon Abdumurodov, Madiyor Daniyorov, Aydos Tagaybayev, Abdulla Rajabov kumush, G‘ofurjon Tohirov, Olmos Boboyev, Timur Rahmatjonov, Rivojiddin Yuldoshev, Sherzod Qodirboyev va Samandar Jalolov bronza medallarini qo‘lga kiritdi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA