Bokschilarimiz shohsupaga ko‘tarildi
BOKS. Belarusning Gomel shahrida yoshlar o‘rtasida afsonaviy charm qo‘lqop ustasi Aleksey Yukov sovrini uchun o‘tkazilgan musobaqada bokschilarimiz 1 oltin va 3 kumush medalini qo‘lga kiritdi.
Belarusning Gomel shahrida yoshlar o‘rtasida afsonaviy charm qo‘lqop ustasi Aleksey Yukov sovrini uchun o‘tkazilgan musobaqada bokschilarimiz 1 oltin va 3 kumush medalini qo‘lga kiritdi.
Nufuzli turnirda Belarus bokschilaridan tashqari, O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston, Litva, Ukraina, Qirg‘iziston hamda Moldovadan kelgan 250 nafardan ortiq charm qo‘lqop ustasi g‘oliblik uchun o‘zaro bahs olib bordi.
60 kilogrammgacha vazn toifasida ringga ko‘tarilgan Husanjon Karimov finalda belaruslik Dimitriy Balkovga qarshi o‘tkazdi. Vakilimiz raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Finalga qadar o‘z vazn toifalarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan Samandar Zafarov, Mirzabek Mirzaxalilov, Komiljon Yusupov kabi bokschilarimiz turnirning kumush medali bilan taqdirlandi.