Bokschi qizlarimiz Belarusda shohsupaga ko‘tarildi
Belarusning Orsha shahrida boks bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro turnir yakuniga yetdi.
Belarus Respublikasida xizmat ko‘rsatgan murabbiy A.K.Kolchin xotirasiga bag‘ishlangan musobaqada 5 nafar bokschimiz finalda g‘alaba qozonib, oltin medalga ega chiqdi.
Xususan, Gulasal Sultonaliyeva, Sitora Shogdarova, Dilfuza Bekova, Mohinabonu Abdullayeva va Navbahor Hamidova o‘z vazn toifasida barcha raqiblarini yengib, shohsupaning eng yuqorisidan joy oldi.
Shuningdek, Ziyoda Yarasheva hamda Xadichabonu Abdullayeva musobaqaning kumush, Sitora Turdibekova esa bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
O‘zA