Boks bo‘yicha Osiyo chempionati bahslari davom etmoqda
FOTOREPORTAJ
Avval xabar qilinganidek, poytaxtimizdagi «Olimpiya shaharchasi»da boks bo‘yicha 15 va 17 yoshli o‘g‘il-qizlar o‘rtasida Osiyo chempionati bahslari o‘tkazilmoqda.
Qit’aning turli mamlakatlaridan kelgan qariyb 500 nafar charm qo‘lqop ustalari ishtirok etayotgan musobaqaning ikkinchi kunida 9 nafar hamyurtimiz saralash bosqichida ringga ko‘tarildi.
[gallery-29207]
15 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasidagi bahslarda 46 kg vazn toifasida ishtirok etgan Vasila Baxtiyorova hindistonlik Hanshika Attriga 0:5 hisobida mag‘lub bo‘ldi. 49 kg vaznda Zebiniso Abdullayeva qozog‘istonlik Kseniya Yegorova ustidan 5:0 hisobida ishonchli g‘alabaga erishdi. 52 kg vaznda Durdona Xayriddinova qozog‘istonlik Samal Tolepbergenga 0:5 hisobida imkoniyatni boy berdi. 55 kg vaznda Bahora Mahmudjonova qirg‘izistonlik Elina Dogdurbayevaga qarshi kechgan jangda ikkinchi raunddayoq muddatidan oldin g‘alaba qozondi. 64 kg vaznda Malika Ulug‘bekova saudiyalik Aziza Kandilni qiyin kechgan bellashuvda 3:2 hisobida mag‘lub etdi.
Shuningdek, 43 kg vazn toifasida Adizbek Ilhombekov turkmanistonlik Muhammetali Serdarovni 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Boks bo‘yicha Osiyo chempionati bahslari davom etmoqda.
Muhammad AMIN olgan surat), O‘zA