Boks: Abdumalik Xalokovdan kutilgan g‘alaba
Boks bo‘yicha mamlakatimiz terma jamoasi a’zosi, Osiyo o‘yinlari g‘olibi, qit’a va jahon chempioni Abdumalik Xalokov Olimpiya o‘yinlaridagi o‘z ishtirokini g‘alaba bilan boshladi.
57 kilogrammgacha vazn toifasidagi bahslarni nimchorak finaldan boshlagan Abdumalik chorak final yo‘llanmasi uchun Nebil Ibrahimga (Shvetsiya) qarshi ringga chiqdi va g‘alaba qozondi. Endi A.Xalokov 3 avgust kuni qozog‘istonlik Mahmud Sabirxan va ispaniyalik Xose Brotonos Kyuiles qarama-qarshiligi g‘olibi bilan jang qiladi.
Ma’lumot o‘rnida: Boks bo‘yicha vazni 71 kilogrammgacha vazn toifasidagi bahslarda Asadxo‘da Mo‘ydinxo‘jayev misrlik Muhamed Al Avadi bilan jang o‘tkazadi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA