Bog‘chadagi zaharlanish holatlariga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni yakunlandi
E’lon qilingan sud hukmiga muvofiq 11 nafar sudlanuvchi Jinoyat kodeksining 257-1-moddasi (sanitariyaga oid qonunchilikni yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topildi.
R.O. (erkak, 1985-yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan, “Shark Milk Product” MCHJ direktori),
A.S. (erkak, 1987-yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan, “Shark Milk Product” MCHJ bosh texnologi),
R.X. (erkak, 1982-yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan, “Shark Milk Product” MCHJ texnologi)ga 3,5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish;
S.S. (erkak, 1985-yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan, “Shark Milk Product” MCHJ ta’sischisi va sotuv bo‘limi menejeri),
F.O. (erkak, 1990-yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan, “Shark Milk Product” MCHJ ta’sischisi va direktori o‘rinbosari),
M.N. (erkak, 1991-yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan, “Shark Milk Product” MCHJ texnologi yordamchisi)ga 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish;
J.X. (erkak, 1993-yilda Buxoro viloyatida tug‘ilgan, “Governess Business” MCHJ direktori),
I.S. (erkak, 2000-yilda Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan, “Innavation Outsourcing Servise” MCHJ direktori),
B.R. (erkak, 1992-yilda Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan, “Nishon invest” MCHJ direktori),
F.D. (erkak, 1993-yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan, “Kinder Garden Group” MCHJ direktori),
D.Q. (ayol, 1997-yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan, “Shark Milk Product” MCHJ laboranti)ga 3 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.
Sud hukmi bilan sudlanuvchilarga Jinoyat kodeksining 45-moddasiga asosan muayyan huquqdan mahrum qilish belgilandi.
O‘zA