“Biz katta yo‘lga chiqdik!” yoxud Prezidentimizdan bir soatlik saboq
Davlatimiz rahbari “Markaziy Osiyo — AQSH” (S5+1) formatidagi muloqot ishtirokchilarini qabul qilish uchun Samarqandga bir kun oldin tashrif buyurganining maqsadini mehrli ehtiros bilan o‘zi aytib qo‘ya qoldi:
“Bugun Samarqand dunyo mashvaratining markaziga aylandi. Uni butun dunyo yaxshi ko‘radi. Mening ham Samarqandga mehrim bo‘lakcha. Chunki viloyatning birinchi rahbari bo‘lib ishlash jarayonida bu zaminning haqiqiy sehrini sezganman, samarqandliklarning uddaburon, ma’rifatli ekanligiga ishonch hosil qilganman. Shu sababli yangi ko‘prik bahonasida sizlar bilan diydorlashishni niyat qildim”.
Tabiiyki, jamoatchilik vakillari — deputatlar, faxriylar, ishbilarmonlar, olimlar, yoshlar o‘z Prezidentining Samarqandga e’tibori kuchli ekanini bilgani uchun qalblarida o‘zgacha quvonch tuydi. Ehtimol Samarqand shahrini Shirin shaharchasi bilan bog‘lovchi, Qoradaryo ustida qurilgan 650 metrli ko‘prik Prezidentimiz tashabbusi bilan barpo etilayotgan boshqa ulug‘vor binolar oldida oddiy ko‘rinar. Biroq biz uchun bu inshoot osmon ustiga qo‘yilgan qasrga o‘xshab tuyuldi. Chunki u bundan 25 yil avval aynan Shavkat Mirziyoyev o‘ylagan rejaning asosi edi.
O‘shanda aeroport orqasini, daryo sohillarini o‘rganish chog‘ida Prezidentimizning “Bu maydonlar Samarqandning darvozasi hisoblanadi, qolaversa, shaharni kengaytirishning katta imkoni, qani endi daryo ustiga ko‘prik qurib yo‘l ochsak, ko‘plab muammolarimiz hal bo‘lar edi”, degan so‘zlarini hamon eslaymiz.
Ikkinchidan, bu ko‘prik sayyohlik industriyasining ham timsoli. Binobarin, inshootni o‘z pulimizga, o‘z quruvchilarimiz, o‘z muhandislarimiz barpo etdi. Ana shu faxr, iftixor qalbimizni osmon qadar ko‘tarib turdi.
Bu fikrlarni bildirganimizda davlatimiz rahbari ham to‘lqinlanib ketdi va xalqaro hamjamiyat bilan ishonch ko‘priklariнi, hamkorlik ko‘priklarini qanchalik ko‘p qursak, u bizga shuncha salohiyat keltirishini aytdi.
Shu o‘rinda ayrim davlat rahbarlari, yirik korporatsiyalar boshliqlari bilan yillar davomida biz uchun kerakli мuамmolar ustida o‘tkazilayotgan muzokaralar mohiyati haqida o‘rtoqlashdi. Yillar davomida O‘zbekistonga ikkinchi, hatto uchinchi darajali sifatida qarab kelingan. Ana shunday nuqtai nazarni keskin o‘zgartira olish oson emasligini, hatto o‘z hamkorining fikrini o‘zgartirish nechog‘liq qiyinligini bilgan inson uchun bu holatni tushunish qiyin emas. Zotan, biz shu jarayonlar samarasini ko‘rib turibmiz.
Dunyo yurtimiz bilan hamkorlik qilishga intilyapti
Bu haqda gap ketarkan, Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti rektori, professor, Oliy Majlis Senati a’zosi, taniqli olim Rustam Xolmurodov ko‘nglidagi gapni yashira olmadi:
“Ikki tizimni, hatto mustaqillik yillarida ham ikki xil ish uslubini ko‘rgan kishi sifatida bir holat meni hayratga soladi. Mamlakatda siz boshlagan islohotlar kirib bormagan soha qolmadi hisob. Insonning tug‘ilishidan tortib, to oxirgi kunigacha bo‘lgan hayotidagi har bir jarayon e’tiboringizda. Buning ustiga, xalqaro aloqalarda ham boshqalardan o‘zgacha diplomatiya bilan ishlayapsiz. Bilasizmi, AQSH davlat kotibi Marko Rubio bilan birga kelgan yordamchilardan biri bugun menga qo‘ng‘iroq qilib, Samarqand Kvant markazi olimlari bilan hamkorlik qilish niyati borligini aytdi.
Ular o‘zlari tashabbus ko‘rsatyapti. Bu hazilakam gap emas, yurtimizdagi ilmiy salohiyatning dunyoning eng qudratli davlati tomonidan e’tirofi. Ochig‘i, qanchalik fidoyi bo‘lmaylik, islohotlar shitobiga ulgura olmay qolyapmiz...”.
Rustam Xolmurodov haq gapni aytdi. Mamlakatimizda boshlangan islohotlar o‘n yil ichida butun dunyoga bo‘y-basti bilan namoyon bo‘ldi. Ayniqsa, yangi O‘zbekistonni barpo etish, Uchinchi Renessans poydevorini yaratish yo‘lidagi islohotlar samarasida mamlakatimizning tom ma’noda yangi taraqqiyot davri boshlandi.
Aslida, bu haqda juda ko‘p va xo‘p yozish mumkin. Zero, bu borada bosib o‘tilgan yo‘l, chekilgan mashaqqatli mehnat, erishilgan tarixiy natijalar tahlili bir necha o‘n tomlik kitoblarga sig‘maydi. Shuning uchun birgina jihatni aytish bilan kifoyalanaman: mamlakatimiz yalpi ichki mahsulot ҳажмiнi 2030-yilda 160 milliard dollarga yetkazish reja qilingan edi. Buni qarangki, ushbu marra joriy yilning o‘zida ortig‘i bilan bajarilishi va O‘zbekiston daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar qatoriga kirishi kutilyapti.
Garchi bu kabi iqtisodiy yutuqlar biz uchun tarixiy, xalqaro hamjamiyat uchun esa global logistikadagi uzilishlar va dunyodagi notinch vaziyat fonida сенsaцiон natija hisoblansa-da, bularni birinchi o‘ringa qo‘yish adolatdan bo‘lmaydi. Chunki eng katta yutug‘imiz — Prezidentimiz tashabbusi va qat’iy talablari asosida davlat va xalq o‘rtasida ishonch qayta tiklangani, jamiyatdagi qo‘rquv va hadik o‘rnini xalqimizga xos bunyodkorlik, tadbirkorlik, vatanparvarlik, hamjihatlik tuyg‘ulari egallaganidir. Boya yuqorida aytilgan raqam ana shu birligimiz, yurt taqdiriga daxldorligimiz, hamfikrligimizning dastlabki samarasi, xolos.
Ha, haqiqatan ham biz bugun uch ming yildan ortiq milliy davlatchiligimiz tarixidagi eng buyuk evrilishlardan birining guvohi bo‘lib turibmiz. Keling, bunga Samarqand viloyati misolida nazar tashlaylik.
Shahar va qishloq tafovuti yo‘qolyapti
O‘tgan o‘n yil ichida har bir tumanda zamonaviy shaharchalar paydo bo‘ldi, istirohat bog‘lari barpo etildi. “Yangi O‘zbekiston” massivlarida AT markazlar ishlab turibdi. Samarqand xalqaro turizm markazi endilikda dunyo hamjamiyatining yirik anjumanlari, siyosiy muloqotlar o‘tkaziladigan maskanga aylandi. Imom Buxoriy majmuasi qaytadan, buyuk muhaddisning islom olamida tutgan o‘rniga monand ulug‘vor tarzda barpo etildi.
Qishloqlarimizda tuproq yo‘llar qolmadi hisob. Bugun Samarqand dalalarida yetishtirilayotgan noz-ne’matlar dunyoga eksport qilinyapti. Trikotaj mahsulotlari va parrandachilikda eksport hajmi yil sayin oshmoqda. Har yili o‘nlab startap loyihalar ishlab chiqarishga joriy etilayotir. Bir so‘z bilan aytganda, xalq xo‘jaligining barcha sohasida o‘zgarishlar bor. Bu o‘zgarishlarni o‘z mutaxassislarimiz, olimlarimiz amalga oshirmoqda.
Prezidentimiz sabog‘i haqida gap borar ekan, bir voqea esimga tushdi. Shu yilning yoz oylarida Olmaliqda misni boyitish zavodi ishga tushirildi. Ushbu tadbirda men ham ishtirok etgandim. Shu yerda bir holatdan xabar topdim — Shavkat Mirziyoyev bunday korxona yaratish taklifini kiritganda deyarli barcha mutaxassislar bu ishning samarasi yo‘qligini aytgan.
Ammo Prezidentimiz Chilida sakkiz yil davomida qurilgan va hozircha dunyoda yagona hisoblangan shunday zavod hamda uning xomashyosi masalalarini erinmasdan puxta o‘rgangan va qat’iy qarorga kelgan. Tabiiyki, yuksak texnologiyalar rivojlangan davlatlardan uslubiy yordam so‘ralgan. Natijada Olmaliqdagi zavod Chilidagi kabi sakkiz emas, balki to‘rt yilda qurib bitkazildi. Bu ishni O‘zbekiston olimlari, mutaxassislari, muhandislari bajardi. Bu saboq soha mutaxassislari ishonchini yanada mustahkamladi. Ular endilikda zavodning ikkinchi blokini barpo etmoqda.
Prezidentimizning bizga bergan yana bir sabog‘ini eslamasdan ilojim yo‘q. Samarqand viloyatida birinchi rahbar bo‘lgan yillarida har bir sohaga shu tizimda taжрiба orttirgan fidoyi pensionerlarni jalb etib, maslahat kengashlari tuzdi. Kengashlar joylarda ishlarni tashkil etishga ko‘maklashish barobarida jamoatchilik nazoratini ham amalga oshirdi. Mineral o‘g‘itga pul topilmagan chog‘da Kattaqo‘rg‘on shahrida faoliyatini tugatgan chorvachilik majmuasida yillar davomida to‘planib qolgan juda katta miqdordagi organik o‘g‘itni dalalarga tashish tashkil etildi.
Ayniqsa, Samarqand shahrini obodonlashtirishda hatto o‘zimiz ishonmagan ishni bajarib ko‘rsatdi, ya’ni viloyat jamoatchiligi yordamida shahar ko‘chalari tartibga keltirildi, chiqindidan tozalandi. Asta-sekin bu ish shahar tashkilotlari tomonidan tizimli yo‘lga qo‘yildi. Bugun ko‘hna kentdagi nafosat, go‘zallik, obod va toza ko‘chalar aynan o‘sha davrda boshlangan harakatlar samarasidir.
Ma’naviy jasorat
Davlatimiz rahbarining xalqaro maydondagi saboqlari ham e’tiborli. Ayniqsa, har bir davlat o‘z manfaati uchun jiddiy siyosat yuritayotgan bir paytda munosabatlarda halollik va hamkorlikni ta’minlay olish oson ish emas. Buning uchun ikki tomonlama juda katta ishonch kerak.
Ana shunday nozik bir paytda davlatimiz rahbari o‘zbeklarga xos bag‘rikengligini namoyish qildi. Avvaliga ikkilangan davlat rahbarlari ham harakatlarimizdagi samimiyatni ko‘rib, bizga moyillik bildirdi. Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida qisqa fursatda yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik buning yaqqol misolidir.
Xalqaro saboq deganimning sababi bor. Davlatimiz rahbari boshqa davlatlar bilan hamkorlik bir martalik emas, balki doimiy va strategik шерiкlik darajasida bo‘lishiga erisha oldi. Avvalo, bu munosabatlarning ilmiy-amaliy konsepsiyasi ishlab chiqildi. Bunda ehtiyojlarimiz, imkoniyatlarimiz puxta o‘rganildi. Natijada juda ko‘plab davlatlar bilan strategik, oliy darajadagi hamkorlik o‘rnatildi.
AQSH davlat kotibi Marko Rubioning O‘zbekistonga, aniqrog‘i, Samarqandga
200 dan ziyod ishbilarmon bilan birga kelishi — tarixiy voqea. Uning o‘zi ta’kidlaganidek, AQSHning bunday katta delegatsiyasi shu paytgacha birorta davlatga amaliy tashrif bilan bormagan. Buning ustiga, ularning keyingi yillardagi bu tarzdagi tashriflari favqulodda holat ro‘y bergan davlatlargagina bo‘lgan. O‘zbekistonga esa ular aynan o‘z tijoratini rivojlantirish, shuning barobarida O‘zbekiston bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, barcha sohada demokratik islohotlarni amalga oshirayotgan mamlakatni qo‘llab-quvvatlash uchun keldi.
Saboqlar... saboqlar... saboqlar... Ular bizning nuqtai nazarimizni o‘zgartirdi. Ular hayotga qarashimizni boshqacha qildi. Ular mas’uliyatimizni kuchaytirdi. Ular taraqqiyot uchun hamisha kurash olib borishimizni eslatib turdi. Saboq ma’ruza o‘qish, kimgadir nimanidir zo‘r berib tushuntirish emas, odamlarni real hayotga, yangilikka ishontirish. Saboq ma’naviy jasorat bilan bog‘liq. Yurtini, xalqini sevmagan odam bunday xislatga ega bo‘lmaydi.
Bir o‘ylab ko‘ring, konvertatsiyani ochib yuborish uchun o‘sha davrda yillar davomida ana shu yashirin iqtisodiyotdan mo‘may daromad olib turgan qanchalab nopok rahbarlarga yomon ko‘rinish yoki o‘sha tizimni qanchalik shiddat bilan isloh qilish kerak edi. Toshkent shahri “propiska”sini ochishda ham ana shunday jasorat zarur edi. Ishbilarmonlarni tekshirishga, daraxtlarni kesishga moratoriy e’lon qilinishi-chi?
Prezidentimiz ana shu jarayonlarda o‘zida jasorat topa oldi. Chunki mamlakatdagi hur fikrlovchi insonlarga, xalqiga ishondi. Natijada biz o‘z taqdirimizni o‘zimiz o‘zgartira boshladik va bugun mamlakat miqyosidagi loyihalarda butun O‘zbekiston ishtirok etyapti desam, mubolag‘a bo‘lmaydi.
“Yarmini biz ko‘taramiz”
Mamlakatimiz yetakchisining yana bir ibratli sabog‘i esimdan chiqmaydi. 2002-yilning bahori. Paxtachida men o‘qigan maktabda o‘quv binosining katta qismi kuchli yomg‘ir tufayli o‘pirilib tushdi. Shavkat Mirziyoyev viloyatning birinchi rahbari sifatida ertasigayoq o‘sha yerga bordi.
Imorat eski, ta’miri uchun ham anchaгiна mablag‘ kerak. Darslarni to‘xtatib bo‘lmaydi. Nima qilish kerak? Shunda ushbu maktabda o‘qigan ishbilarmonlar hamda xo‘jalik rahbari Fotima To‘xtapo‘latovani maslahatga taklif etdi. Hamma o‘z fikrini aytdi. Hudud bo‘yicha hokim o‘rinbosari mablag‘ kamligini bildirdi. Shavkat Mirziyoyev masalaning dolzarbligini aytib, qo‘lidan kelganicha yordam berishini tushuntirdi. Xo‘jalik raisi va tadbirkorlar xarajatning yarmini ko‘taradigan bo‘ldi va natijada maktab binosi qisqa fursatda ta’mirdan chiqarildi.
O‘shandan keyin juda ko‘p joylarda muammoni hal qilishda jamoatchilik, faollar, tadbirkorlar viloyat hokimi bilan uchrashuvda “yarmini biz ko‘taramiz” taшабbuсi bilan chiqa boshladi. Byudjet mablag‘lari taqchil bir vaqtda bu tashabbus katta samara berdi. Bugun esa maktablar, bolalar bog‘chalari qurilishi va ta’miriga yetarlicha mablag‘ ajratilyapti. Bu saboq ham ana shunday xayrli ishlarning boshlanishiga asos bo‘lgan edi.
Sayyohlik — asosiy tarmoqlardan biri
Samarqand davlat tibbiyot universiteti professori, universitet birinchi klinikasi bosh vrachi Nargiza Abdullayeva xalqaro sayyohlikdagi islohotlar samarasi shifoxonalargacha yetib kelganini aytdi. Jumladan, o‘tgan yili ushbu shifoxonada davolanganlarning 12 foizini, joriy yilning hozirgacha bo‘lgan davrida 30 foizini xorijliklar tashkil qilgan. Endilikda Samarqandda eng murakkab jarrohlik operatsiyalari amalga oshirilmoqda. Buning uchun Amerika, Hindiston va Germaniyaga borishga hojat qolmayapti.
Bu mulohazadan keyin Prezidentimiz viloyatga hokim bo‘lib kelganidagi bir voqeani esladi. Charchoq tufayli yuragida bezovtalik sezgan va 1-klinikaga borgan. Hokim shifokor Anita Soy eski EKG uskunasidan foydalanganini ko‘rib, hayron qoladi. Samarqanddek joyda тiббiётning ahvoli og‘irligidan afsus chekadi. Keyinchalik bosh vrach Nurmamat Abdullayev bilan birgalikda shifoxonani zamonaviy uskunalar bilan jihozlashga kirishadi. O‘sha harakatlarning samarasi bugun hammaga ayon: Samarqandda endi buyrak va jigar ko‘chirib o‘tkazish operatsiyalari amalga oshirilmoqda.
— Yaqinda xorijdagi anjumanda bir davlatning rahbari mendan “Harаkaтlariнгiз yomon emas, bir yilda uch millionga yaqin sayyoh kelayotgandir?” deb so‘radi. Men unga bu raqam besh мiллiонdan oshganini aytdim, — dedi davlatimiz rahbari. — Bu bor gap. Esimda, 2016-yilda mamlakatimizga bor-yo‘g‘i 650 ming sayyoh kelgan. Sharoitini qilgan edik, besh millionga yetdi. Imom Buxoriy majmuasi ishga tushgach, birgina Indoneziyaning o‘zidan qariyb besh million ziyoratchi kutyapmiz. Buning uchun hamma imkoniyatlar bor. Xalqaro sayyohlik va sayyohlik industriyasi juda katta daromad keltiryapti. Shuning uchun biz uni ham qadrlashimiz, ham rivojlantirishimiz kerak.
Prezidentimizning mehr bilan aytayotgan mulohazalarini tinglar ekanman, ko‘z oldimda men uchun qadrli yillar gavdalana boshladi. Eski tizimda Samarqandga xorijdan nuqul keksa sayyohlar kelardi. Ular ham Registondan boshqa obidalarga deyarli bormasdi.
Endi esa xorijlik sayyohlar bu zaminga oilasi bilan tashrif buyurmoqda. Samarqandga xalqaro anjumanga kelgan davlat rahbarlaridan birining intervyusida “O‘zbekistonga Xudoning nazari tushganligi rost. Sizlarga shunday fidoyi, aqlli, diplomat insonni rahbar qilib qo‘ygan. Bu odam qisqa vaqt ichida butun dunyo davlatlari rahbarlarining hamkorlikka nisbatan nuqtai nazarini ham o‘zgartirib yubordi. Mendagi hisob-kitoblarga ko‘ra, dunyodagi davlatlar rahbarlarining yarmidan ko‘pi Ўзбекiсtoнга kelib-ketdi. Biz havas qilamiz bunday Prezidentga”, degan gaplari hali-hamon qalbimga g‘urur bag‘ishlaydi.
Paxta maydonlari 40 foiz qisqardi, hosil salmog‘i kamaymadi
Davlatimiz rahbarining qishloq xo‘jaligi faxriysi To‘xta Xudoynazarov bilan samimiy suhbati barchamiz uchun chinakam saboq bo‘ldi. Bugungi kunda kartoshkachilikda erishilayotgan yutuqlar aytib o‘tildi. Zero, endi O‘zbekiston dehqonlari aholini kartoshka bilan to‘la ta’minlayapti. Ayniqsa, davlatimiz rahbarining paxtachilikda islohotlar davom ettirilishi kerakligi haqidagi fikrlari barchamizga manzur bo‘ldi.
— Bugun shaxsan men paxta masalasi bilan shug‘ullanganim yo‘q, — dedi Prezidentimiz. — Hokimlar ham shug‘ullanmaydi. Klaster o‘zi buyurtma beryapti, o‘zi terib olyapti, hosilni qayta ishlab, mahsulotini sotish bilan band. Nazarimda hali ham paxta maydonlarimiz mavjud korxonalar ehtiyojidan baland. G‘o‘za ekiladigan maydonlarni bosqichma-bosqich kamaytirib borish kerak, toki odamlar o‘zlari manfaat ko‘radigan ekinlarni eksin. Lekin bu ishda ham reja puxta bo‘lishi kerak. Biz daromad beradigan ekinlarni tanlashimiz, bozorini puxta o‘rganishimiz zarur.
Davlatimiz rahbari O‘zbekiston шароiтida yerdan uch-to‘rt martagacha hosil olish mumkinligini, buning uchun ne’matlarni xorijga tezda chiqarish yo‘lini topish kerakligini, ya’ni logistikani oqilona tashkil etish zarurligini ta’kidladi. Chunki bunda xarajatlar qisqaradi, odamlarning uzog‘i yaqin bo‘ladi. Mamlakatimiz yetakchisi Samarqandda barpo etilgan yangi ko‘prik ham ko‘p yillik orzusi ekanini yashirmadi.
...Paxta masalasi yillar davomida xalqimizning dardu iztirobiga aylandi. Besh million tonna paxta hosili yetishtirgan dehqonning kosasi oqarmadi. Aksincha, xomashyo quliga aylandi. Tashkilot rahbarlari o‘z kasbi yoki mutaxassisligini, idorasini uddalamaganligi uchun emas, balki jamoasini paxta yig‘im-terimiga safarbar qila olmagani uchun ishdan olinardi. Hatto o‘quv yurtlariga rahbar tayinlashda, eng avvalo, uning o‘z xodimlarini ana shu mavsumga jalb qila olish qobiliyatiga e’tibor qaratilardi. Ayanchlisi shundaki, bu sohadagi reja 99,99 foiz bo‘lganda ham hisobga o‘tmas, o‘sha xo‘jalik, tuman, viloyat “rejani bajarmagan” tamg‘asi bilan juda ko‘p rag‘batlardan quruq qolardi. Natijada rejani bajarib qo‘yish uchun mingta hiyla o‘ylab topilardi.
Shukrki, Prezidentimiz ana shu dardimizga malham bo‘ldi. Paxta masalasida davlat monopoliyasi bekor qilindi, ayollar, bolalar mehnatiga barham berildi.
G‘ururimizning boisi shuki, biz bu islohot boshlanganini his qilib, unga guvoh bo‘lib turibmiz. Misol uchun, Samarqand viloyatida keyingi 5-6 yil ichida paxta ekiladigan maydonlar 40 foiz qisqardi. Lekin hosildorlik oshgani hisobiga hosil salmog‘i kamaygan emas. Avval Samarqand shahar kunini paxta dalalarida nishonlar edik. Bu tadbir ham tushlikda tortiladigan oshdan, xonanda ijro etadigan 4-5 ta ashuladan nariga o‘tmasdi. Bugun esa biz davlatimiz rahbarini ana shu bayram bilan shahar chekkasida qad ko‘targan zamonaviy koshona ustida taбрiклаdiк. Bunday g‘amxo‘rligi uchun minnatdorlik bildirdik.
Bugun shunchaki yashab bo‘lmaydi
Hammamiz ulkan islohotlar natijasini kundan kunga yaqqol sezib borayotgan yurtdoshlarimiz fikrini aytishga ulgurdik. Xalqaro shaxmat olimpiadasi g‘olibi Afro‘za Hamdamova Samarqanddagi olimpiada tarixiy ekani bilan faxrlanib, kelgusi safar o‘zbekistonlik xotin-qizlar jamoasi ham chempion bo‘lishga qodirligini ishonch bilan aytdi. Joylarda ochilayotgan shaxmat markazlari yoshlarning eng sevimli maskanlariga aylangani ham fikrimiz isbotidir.
Kasaba uyushmalari federatsiyasi viloyat kengashi raisi Suhrob Rafiqov esa Samarqand shahrini kengaytirish, infratuzilmasini yuksaltirish borasidagi ishlar odamlarning hayotga qarashlarini o‘zgartirayotganini alohida ta’kidladi. Ayniqsa, daraxt va gullarning yangi навlari aynan o‘z laboratoriyalarimiz, o‘z xo‘jaliklarimizda yetishtirilayotgani, qurilish sanoatimizda eksportchilar paydo bo‘lgani xursandlik bilan qayd etildi.
Shu o‘rinda yangi ko‘prik haqida to‘xtalsam: u M39 trassasi bilan bog‘langan. Ko‘prikning narigi tomoni — Oqdaryo bilan Qoradaryo o‘rtasida Shirin qo‘rg‘onchasi joylashgan. Ana shu maydon kelgusida viloyatning ma’muriy markazi bo‘ladi. Bu yerda kamida 180 ming aholi istiqomat qiladi, “aqlli” shahar bunyod etiladi. Hozirgacha Samarqand shahri hududiga kiruvchi bu maskan aholisi viloyat markaziga yigirma kilometrli aylanma yo‘l orqali qatnayotgan edi. Yana bir yangilik: bu yerdagi qurilish ishlariga xuddi Yangi Toshkentdagi kabi imtiyozlar joriy etiladi.
Mamlakatimiz yetakchisi davlatimiz, xalqimiz oldida turgan ulkan vazifalarni sanab o‘tdi. Har bir ishda loyihalarni puxta o‘ylash zarurligini alohida ta’kidladi. Misol uchun, tejamkor elektr stansiyasi o‘rnatyapmizmi, demak, odamlarni ham bu ne’matni tejashga o‘rgatishimiz lozim. Yangi mahsulotlar ishlab chiqaryapmizmi, uning logistikasini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishimiz kerak. Yangi o‘quv yurtlari ochyapmizmi, unda albatta zamon talabiga mos mutaxassis tayyorlashimiz zarur. Bu davrda yo‘l-yo‘lakay, shunchaki yashab bo‘lmaydi. Xalqaro muhit doimo raqobatni talab qiladi. Biz o‘zimizni ham, xalqimizni ham ana shu raqobatga tayyorlay olishimiz shart.
Bu maskanda ma’rifat, ilm bor
Davlatimiz rahbarining yangidan barpo qilinayotgan Imom Moturidiy ziyoratgohidagi suhbatlari ham chinakam saboq bo‘ldi. Prezidentimiz tashabbusi bilan qurilayotgan ushbu manzil Chokardiza қабрiсtoнida yotgan to‘rt mingdan ziyod ulug‘ shayx ruhi sababli ham dilimizga o‘zgacha surur baxsh etdi.
— Bunday buyuk qadamjolarni obod qilish zamirida katta ma’naviyat, ma’rifat, ta’lim va ilm bor, — dedi Shavkat Mirziyoyev. — Odamlar bu yerga kelib nafaqat ziyorat qilsin, balki bilim olsin, o‘zligini anglasin!
Prezidentimiz Imom Moturidiy, Burhoniddin Marg‘inoniy maqbaralarini ko‘zdan kechirar ekan, biz va farzandlarimiz mustahkam e’tiqodli, ma’rifatli, ilmli bo‘lishimiz zarurligiga alohida urg‘u berdi. Buning uchun ziyolilar allomalar merosini muntazam targ‘ib qilishi, odamlar esa bunday merosdan doimo bahramand bo‘lishi zarur. Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy majmuasidagi zamonaviy muzeylarning ta’sirchan kuchi xalqaro hamjamiyat tomonidan ham e’tirof etilmoqda. Bu maskanlarga tashrif buyurgan kishi qaytish chog‘ida ma’naviy jihatdan ancha o‘sgan bo‘lishi kerak.
Shuningdek, majmuani, atrofidagi infratuzilmani zamonga moslab qurish, ziyoratchilarga barcha qulayliklarni yaratish yuzasidan mutasaddilarga topshiriq berildi. Darvoqe, xorijdan keltirilgan yoki o‘zimizda ko‘paytirilgan maysa-chim suvni ko‘p talab qilarkan va uni juda tez bug‘lantirib yuborar ekan, shu sababli davlatimiz rahbari mutasaddilarga butasimon gul va o‘simliklarni ko‘paytirishni maslahat berdi. Bunda suvni tejash barobarida qishin-yozin yashillikni saqlab turish imkoni bor.
Garchi turli majlis va xalqaro anjumanlarda nutq, mulohaza, hatto Samarqandга tashrif buyurganida jamoatchilikka havola etgan fikrlaridan muntazam xabardor bo‘lsam-da, shiddatli zamonaning hozirgi holatida Prezidentimizdagi shijoat va g‘ayratni, o‘ktamlikni, eng muhimi, xalqaro holatga teran munosabatni ko‘rib g‘ururlandim. Qariyb bir soatlik muloqot davomida olgan ma’lumot va mulohazalar shuurimni boyitdi. Suhbat jarayonida davlatimiz rahbari ta’lim va ilm-fandagi islohotlarning mohiyatini ham juda ravshan tushuntirdi.
— Katta mashaqqat bilan bo‘lsa-da, davlat idoralari xodimlarini mahallaga tushirish choralarini ko‘ryapman va bu maqsadga muayyan darajada erishyapmiz. Ta’lim va ilm-fan vazirligining asosiy vazifasi davlat va jamoat tashkilotlarini hamda ota-onalarning e’tiborini maktabга qaratish va ularni ilm maskanlariga jalb qilishdir. To‘g‘ri, bilim — katta najot, lekin farzandlarimizda unga ehtiyoj uyg‘ota bilish jamiyatning muqaddas vazifasi sanaladi. Bugun erishgan natijalarimiz bunday ishlarni ham bajara olishimizga ishonch uyg‘otadi.
Xayrlashish chog‘ida Prezidentimiz aytgan so‘zlar bir soatlik suhbat davomida olgan zavqu shavqimiz, saboqlarimizning chinakam yakuni bo‘ldi:
— Biz juda katta yo‘lga chiqdik. Endi orqaga qaytish yo‘q. Chunki bu yo‘limiz to‘g‘ri ekanligini dunyo tan olyapti! Bu yo‘limiz to‘g‘ri ekanligini xalqimiz hayoti farovonligining kundan kunga oshib borayotganligi ko‘rsatib turibdi. Biz hamma sohada baravar qadam tashlashimiz kerak. Har qanday muammoni hal qilishga qodir ekanligimizga ishonch hosil qilishimiz lozim. Bu borada samarqandliklarga katta ishonch bildiraman!
Farmon TOSHEV,
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist.
Manba: “Yangi O‘zbekiston” gazetasi