Bir nuroniy – ön yoşga masʼul
Namangan şahridagi “Maʼrifat” maskanida yurtimiz böylab anʼnaviy ravişda ötkazib kelinayotgan “Bir nuroniy – ön yoşga masʼul” körik-tanlovining viloyat bosqiçi bölib ötdi.
Özbekiston faxriylarini ijtimoiy qöllab-quvvatlaş “Nuroniy” jamğarmasi hamda Namangan viloyati hokimligi hamkorligida taşkil etilgan mazkur tadbirda tanlovning şahar, tuman bosqiçlarida saralangan nuroniy iştirokçilar hamda ularni olqişlaş uçun kelgan xayrixoh mehmonlar, jamoatçilik vakillari iştirok etişdi.
Tadbir avvalida sözga çiqqan Namangan viloyati hokimining örinbosari Jamşid Hotamov, “Nuroniy” jamğarmasi Namangan viloyati bölimi raisi, senator Ikromxon Najmiddinovlar nuroniylarning yoş avlod tarbiyasidagi örni, köpni körgan keksalarning boy hayotiy tajribasi va ibratli maslahatlari jamiyat maʼnaviy hayotida muhim öringa ega ekanligini taʼkidlaşdi.

“Bir nuroniy – ön yoşga masʼul” tamoyili yoş avlodni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalaş, ularni ezgulikka yönaltiriş, uyuşmagan yoşlarni qöllab-quvvatlaş hamda mahallalarda soğlom maʼnaviy muhitni mustahkamlaşda alohida ahamiyatga ega. Binobarin, hayot sinovlarida toblangan nuroniylarning nasihati va şaxsiy namunasi yoşlar uçun katta hayotiy saboqdir.

"Bir nuroniy — ön yoşga masʼul» tamoyili tarbiya masalasiga aniq masʼuliyat va amaliy vazifalar nuqtai nazaridan yondaşişi bilan eʼtiborga molik. Uşbu taşabbus doirasida nuroniylar yoşlar bilan muntazam muloqot qilişi, ularning qiziqişi va muammolarini örganişi, hayotiy tajribasi bilan örtoqlaşişi muhimdir. Biroq bu masʼuliyat faqat nasihat qiliş bilan çeklanmasligi kerak. Yoşlarni tinglaş, ularning fikrini hurmat qiliş va muammolarini hal etişga kömaklaşiş ham samarali tarbiyaning ustuvor şartidir.
Tanlovning dastlabki şartida qatnaşçilar öz faoliyatlari bilan taniştirişdi. Keyingi sinovda mahalladagi keksalar maslahat guruhi tomonidan amalga oşirilgan işlar, yoşlar bilan olib borilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar taqdim etildi.

Uçinçi şartda esa faxriylarimiz öziga biriktirilgan ön nafar yoş bilan işlaş, ularning muammolarini hal etiş, jamiyatda öz örnini topişiga kömaklaşiş borasidagi tajribalari haqida söz yuritişdi. Har bir çiqişni nufuzli hakamlar hayʼati belgilangan mezonlar asosida baholab borişdi.

Tanlovda Mingbuloq tumani vakili Abduqahhor Rahimov eng yuqori natijani körsatib, respublika bosqiçida viloyat şarafini himoya qiliş huquqiga ega böldi. Uçqörğon tumanidan Gulnora Daminova faxrli ikkinçi örinni egalladi. Davlatobod tumani iştirokçisi Aqida Mamatxonovaning iştiroki uçinçi öringa munosib körildi.

Tanlov ğoliblari viloyat hokimligi va “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bölimining esdalik sovğalari hamda “Nuroniy” jamğarmasining pul mukofotlari bilan taqdirlanişdi.
Oqilxon Dadaboyev, ÖzA muxbiri