Jizzaxda transport nazorati va yöllar sifati muhokama qilindi
Jizzax viloyatida Transport nazorati inspeksiyasi hududiy bölimlarining joriy yil ötgan ön oyidagi faoliyatiga bağişlangan matbuot anjumani va press-tur ötkazildi.
Tadbirda Transport nazorati inspeksiyasi boşliği Jamşid Karimov hamda tegişli boşqarma va hududiy bölimlar rahbarlari sohadagi qonunçilik yangiliklari, nazorat jarayonlarini raqamlaştiriş va nazorat-reyd tadbirlari natijalari haqida maʼlumot berdi.
Qayd etilganidek, transport xizmati körsatişni taşkil etiş tizimini takomillaştirişga qaratilgan qonunçilikdagi özgartişlar bilan ayrim maʼmuriy jarimalar miqdori kamaytirildi. Nazorat jarayonlarida inson omilini qisqartiriş maqsadida “Yöl sifat nazorati” va “Raqamli inspeksiya” axborot tizimlari, elektron planşetlar hamda taxograf nazorat kartalari amaliyotga joriy etildi.
Hisobot davrida viloyatda avtomobil transporti sohasida 833 ta nazorat-reyd va 183 ta profilaktika tadbiri ötkazilib, 6 ming 927 ta maʼmuriy bayonnoma rasmiylaştirilgan. Köçma tarozilar yordamida meʼyordan ortiq yuk bilan harakatlangan 1 ming 77 ta oğir vaznli transport vositasi aniqlangan.
Yöl qurilişi obʼektlarida ötkazilgan 85 ta nazorat tadbirida 231 ta qoidabuzarlik qayd etilib, 21 ta maʼmuriy iş sudga yuborilgan. Şuningdek, 22 ta obʼektda sifatsiz bajarilgan 3 milliard 452 million sömlik işlarni moliyalaştirmaslik yuzasidan buyurtmaçilarga talabnomalar kiritilgan.
Matbuot anjumanidan söng jurnalistlar Avtomobil yöllari qömitasi va Yöl harakati xavfsizligi xizmati xodimlari bilan hamkorlikda ötkazilgan reyd jarayonlari bilan tanişdi. Unda köçma tarozilar yordamida yuk transport vositalarining vaznini tekşiriş tartibi körsatildi.
[gallery-32543]
— Bunday reydlardan asosiy maqsad yöl va köpriklarning muddatidan oldin yemirilişi hamda oğir yöl-transport hodisalarining oldini olişdir, - deydi Transport nazorati inspeksiyasi Avtomobil transportida nazorat qiliş boşqarmasi boşliği Şahobiddin Toşev. - Ayni paytda viloyatda “Tenzo” rusumli zamonaviy tarozilar bilan jihozlangan ikkita köçma laboratoriya faoliyat yuritmoqda. Tekşiruvlar magistral va içki yöllarda tizimli olib borilmoqda.
Jamşid YORBEKOV (surat), ÖzA