Bir nafas – ming zahar
Turkiyada yiliga taxminan 125 000 kishi tamaki asorati tufayli hayotdan ko‘z yumadi. Bu raqam har 4 daqiqada o‘rtacha bir kishi hayotdan ketishini anglatadi. O‘lim holatining 25 foizini chekmagan holda sust ichimlik iste’moliga duchor bo‘lganlar tashkil etadi.
“Anadolu” tamaki iste’molining inson salomatligiga salbiy ta’siri haqida maqola e’lon qilgan.
Dunyo bo‘ylab eng ko‘p qo‘llanadigan chekish mahsuloti sigaret bo‘lib, tamakining nargilelik, sigara, sarma, trubka va isitilgan turlari ham bor. Barcha shakllari salomatlikka jiddiy zarar yetkazadigan bunday mahsulot nafaqat iste’mol qiluvchi, balki tutunga duchor bo‘lganlarga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 26-iyunda yangilangan ma’lumotga ko‘ra, tamaki tanadagi deyarli har bir a’zoga zarar yetkazib, saraton, yurak kasalliklari, insult va o‘pka xastaliklari, shuningdek tug‘ish qobiliyati pasayishi, asab tizimi zaiflashishi va erta o‘limga olib keladi. Ayni muammolar sabab dunyo bo‘ylab har yili 7 milliondan ko‘p odam halok bo‘lyapti. Bunday o‘lim holatining 1,6 milliondan ortig‘i sigaret chekmasa-da, sust ichkilikka duchor bo‘lganlarga to‘g‘ri keladi.
Turkiya erkaklar o‘pka saratoni bilan bog‘liq o‘lim bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinni band etgan. Yurak-qon tomir va nafas yo‘li kasalliklari, 20 dan ortiq saraton turini aynan chekish paydo qiladi.
Sigareta tutunidagi zarrachalar o‘pkaga uzatilganda zararli ta’sirni boshlab, tutundagi uglerod monoksidi qonning kislorod tashish qobiliyatini pasaytiradi. Tarqalayotgan tutunda taxminan 4 000 kimyoviy modda va zahar mavjud. Tamakining sog‘liq uchun xavfi faqat iste’mol qiluvchi bilan cheklanmaydi.
Bir sigareta taxminan 12 daqiqa yonishi, sigaret chekuvchi esa shu vaqtning 30 soniyasida tutunni ichiga tortishi zararini esa tasavvur qilavering.
Tamaki iste’molining salbiy ta’sirlaridan yana biri reproduktiv salomatlikdir. JSST 8-sentabrda e’lon qilgan axborot chekish erkak va ayollarda bepushtlik keltirib chiqarishini tasdiqlagan. Chekadigan ayollarda bepushtlik xavfi tamaki iste’mol qilmaydiganlarga nisbatan 40 foiz yuqori.
Xullas, “Inson salomatligi har narsadan ustun” shiori sog‘lom hayot sari qo‘yilgan eng muhim qadamdir.
Abdug‘afur Mamatov, O‘zA